AQŞ Suriyada qöşinlarini qayta töplaşga kirişgan – OAV

AQŞ Suriyada qöşinlarini qayta töplaşga kirişgan – OAV

AQŞ boşçiligidagi koalitsiya Suriyadagi öz taʼsir zonasida qöşinlarni qayta töplaşga tayyorlanmoqda. Bu haqda Livanning “Al-Axbar” gazetasiga tayanib “Izvestiya” xabar berdi. 

Naşrga maʼlum bölişiça, yangi operatsiyadan maqsad asosiy va strategik ahamiyatga ega bölgan taʼminot yöli va Iroq bilan çegaradagi ötiş joyi bölgan Abu-Kamol şahrini egallab olişga urinişdir.

Şu tariqa Vaşington Eronning Iroq orqali tovarlar yetkazib berişiga tösqinlik qilmoqçi.

“Agar bu şahar ularning qölida yoki rasman kurdlar qöl ostida bölganida şunday holat yuzaga kelgan bölardiki, Eron turli yuklarni Iroq hududi orqali Suriyaga, söngra Livandan “Hizbulloh”ga yetkazolmay qolardi”, deydi şarqşunos, publitsist Andrey Ontikov “Izvestiya” bilan suhbatda.

Şu bilan birga, u Abu-Kamolning qölga olinişi Suriya armiyasi va uni qöllab-quvvatlovçi kuçlar bilan töğridan-töğri töqnaşuvni nazarda tutişini aytib ötgan.

Naşrga köra, bu maʼlumotning rasmiy tasdiği yöq, ammo sönggi paytlarda Abu-Kamol atrofi Isroil armiyasi tomonidan bir neça bor öqqa tutilgan.


×