Qarşidagi yotoqxona dahşatlari

Qarşidagi yotoqxona dahşatlari

Ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilingan Qarşida joylaşgan xaroba holdagi yotoqxona haqidagi xabarlar böyiça Qaşqadaryo viloyati hokimligi axborot xizmati munosabat bildirdi.

Maʼlum qilinişiça, Qarşi şahri, Şodlik mahallasida joylaşgan 2-sonli yotoqxona binosi 2019 yil 3 maydagi oldi-sotdi şartnomasiga asosan tadbirkor Anvar Jovliyev tomonidan sotib olingan. Yaʼni, bino 2019 yildan buyon 2-sonli yotoqxona emas, qonuniy tadbirkorning xususiy mulki hisoblanadi.

“Özbekistonda xususiy mulkni himoya qilişning huquqiy asosi Konstitutsiyamizning 53-moddasida belgilangan.

Unga köra, xususiy mulk boşqa mulk şakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasidadir”, deyiladi xabarda.

Tadbirkor binosida jami 120ta xona mavjud bölib, şundan, 18tasi yordamçi xonalar (oşxona, yuviniş xonasi, omborxona), 102tasi yaşaşga möljallangan xonalardan iborat.

Örganişlar jarayonida bugungi kunda 64ta xonada fuqarolar noqonuniy yaşab kelayotganligi,  ular turli hudud(tuman/şahar)lardan kelib, özlari özboşimçalik bilan yotoqxonaga joylaşib olganligi, tadbirkor bir neça bor ogohlantirişiga qaramasdan ular xonalardan çiqmaganligi aniqlandi.

Tadbirkor A.Jovliyev insoniylik jihatidan ularning yaşaşiga ruxsat berişga majbur bölgan.

“Qarşi şahridagi “yotoqxona” deb aytilayotgan bino bugungi kunda haqiqatdan ham taʼmirtalab ahvolda bölib, tadbirkorga qaraşli bölganligi sababli davlat tomonidan bu yerda taʼmirlaş işlarini olib boriş qonunga zid.

Bugunning özida mazkur yotoqxona va uning atrofida tozalaş va obodonlaştiriş işlari olib borilib, tartibga keltirildi. Ammo, bu bilan masala oxiriga yetib qolmaydi. Yaʼni, köpçilik fuqarolarning öz yaşaş hududlarida ularning nomida uy-joylari mavjud. Şunday ekan, tez kunlarda kim uy-joyga muhtoj, kimning uy-joyi borligi örganilib, har biri böyiça oxirgi xulosalar beriladi.

Şunga qarab binoda yaşab kelayotgan uy-joyi bölmagan fuqarolarni kelgusida turar joylar bilan taʼminlaş çoralari köriladi. Tumanlardan kelib binoga joylaşib olgan fuqarolar avvalgi yaşaş manzillariga qaytariladi. Barça fuqarolar muammosi tegişli tartibda hal etilganidan söng bino tadbirkorga böşatib beriladi.

Bugungi kunda Yakkaboğ tumanida “Saxovat uyi” mavjud. Öşa yerda boquvçisini yöqotgan, nogironligi mavjud va ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar yuqori şart-şaroitlarda yaşab kelmoqda. Şuningdek, joriy yil Qarşi şahar, “Beklar” mahalla fuqarolar yiğini, Amir Temur köçasida joylaşgan 136-sonli yotoqxona binosi qayta taʼmirlanib, mustaqillik bayrami arafasida katta tantana bilan foydalanişga topşirilgan edi.


×