Özbekistonda şaharlararo avtobusda sayohat qiliş uçun yöl haqi narxlari yil boşidan buyon örtaça 9,4 foizga oşgan. Bu haqda Davlat statistika qömitasi maʼlumot berdi.
Unga köra, noyabr oyidagi şaharlararo qatnovçi avtobuslarda yöl haqi oktyabr oyiga nisbatan örtaça 0,4 foizga qimmatlaşgan.
Maʼlumot örnida, mamlakatda sönggi 10 oy içida 773 dona, oktyabr oyida 77 dona avtobus işlab çiqarilgan.
Şuningdek, joriy yilning yanvar-oktyabr oylarida Özbekistonga qiymati 110,2 mln AQŞ dollariga teng bölgan 300 mln litrdan ziyod avtomobil benzini import qilingan.
Bundan taşqari, joriy yilning noyabr oyida benzin 9,8 foizga qimmatlaşgan. Propan esa aksinça, oy davomida respublika böyiça örtaça 7,2 foizga arzonlaşgan, metan narxi özgarişsiz qolgan.









