“Tik Tok bloklangan davlatda ötkaziladigan Tik Tok Fest” – Madaniyat vazirligi izoh berdi

“Tik Tok bloklangan davlatda ötkaziladigan Tik Tok Fest” – Madaniyat vazirligi izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda 25 dekabr kuni «Humo Arena» kompleksida bölib ötişi eʼlon qilingan «Tik Tok Fest» şou-kontsertiga nisbatan köplab tanqidiy fikrlar bildirildi.

Şu jumladan, köpçilik aholi qatlami bunday tadbirlarning yoşlarga kerak emasligini aytib ötdi. “Troll.uz” telegram kanalida «Tik Tok bloklangan davlatda Tik Tok Fest bölarkan» deya post qoldirildi.

Şuningdek, yuqoridagi kabi şou-kontsert tomoşalarini taşkil etiş Madaniyat vazirligi tomonidan emas, xususiy tadbirkorlar tomonidan amalga oşiriladi.

Şu bois, Madaniyat vazirligi «Tik Tok Fest» şou-kontserti yuzasidan barça savol va mulohazalarni yuqorida keltirib ötilgan vakolatli mutassaddi organlarga yöllaşni tavsiya qildi.

«Darhaqiqat, Özbekiston hududida ötkaziladigan har qanday madaniy-maʼrifiy tadbirlar, şou-tomoşalar hamda kontsert dasturlari özbek xalqi milliy mentaliteti, axloqiy tarbiyasi, tarixan boy madaniyati, yoşlar dunyoqaraşi bu kabi şou-dasturlarni aslo qabul qilmaydi.

Madaniyat vazirligi «Tik Tok Fest» şou-kontsertini maʼnaviy jihatdan yoşlar ongiga, dunyoqaraşiga salbiy taʼsir etadi, deb hisoblaydi. Zero, bir neça ming yillardan buyon şakllanib, qon-qonimizga singib ketgan insoniy fazilatlar, odob-axloq meʼyorlari taʼsirida paydo bölgan tarbiyamiz ham buni rad etadi», – deyiladi vazirlik munosabatida.

Bildirilayotgan fikrlar böyiça Madaniyat vazirligi munosabat bildirib, bunday şou-kontsert tomoşalarini taşkil etiş vazirlik tomonidan emas, xususiy tadbirkorlar tomonidan amalga oşirilayotganini aytib ötdi.

Özbekiston Respublikasi Prezidentining PF- 6044-son Farmoni 2-ilovasi 32-bandiga muvofiq, kontsert-tomoşa tadbiriga bir martalik ruxsatnoma beriş vakolatli bölgan — Içki işlar vazirligi, Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari tomonidan amalga oşiriladi. Şu asosda, kontsert-tomoşalarning saviyasi, mazmun-mohiyati, ğoyasini tahlil qiliş, tomoşa böyiça yakuniy xulosalar beriş ham Mahalliy ijroiya hokimligi huzurida taşkil etilgan tuzilmaning vazifasi hisoblanadi.

×