BMTning Butunjahon turizm taşkilotining (UNWTO) Boş Assambleyasi 2023 yilda Samarqand şahrida ötkaziladigan böldi.
Bu haqida Özbekiston Respublikasi Boş vazir örinbosari, Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov Ispaniyaning Madrid şahrida bölib ötgan UNWTO'ning 24 sessiyasi doirasidagi ovoz beriş jarayoni natijalari yakunlanganidan söng maʼlum qildi.

“Şunisi diqqatga sazovorki, tarixda birinçi marta BMT tarkibiga kiruvçi taşkilotning Boş assambleyasi Özbekistonda bölib ötadi. Bularning bari Prezidentimizning olib borayotgan siyosatlari, turizm sohasini rivojlantiriş hamda bu orqali mamlakatimizning jahon sahnidagi nufuzini oşiriş yölidagi saʼy harakatlari natijasidir. Taʼkidlaş lozimki, UNWTO 25-Boş assambleyasining qadimiy Samarqandda ötkazilişi bu yerga mingdan ortiq xorijlik mehmonlarning taşrif buyurişi hamda bu orqali mahalliy aholi va hunarmandlarning daromad körişiga olib keladi. Bundan taşqari, yuqori darajadagi tadbirning Özbekistonda ötkazilişi jahon ommaviy axborot vositalarining ham eʼtiborini tortişi şubhasiz, bu esa oxir-oqibat mamlakatimizning turistik salohiyatini keng tarğib etiş hamda yurtimizga yanada köproq sayyohlarni jalb etiş yölida xizmat qiladi”, – dedi Aziz Abduhakimov.

Maʼlumot uçun, tarixida birinçi marta BMT oilasiga kiruvçi taşkilotning Boş Assambleyasi Özbekistonda ötkaziladi.









