Milliy gvardiyaga qöşimça vakolat beriladi

Milliy gvardiyaga qöşimça vakolat beriladi

Endilikda Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toşkent şahrida ommaviy tadbirlarni ötkazişda hamda istirohat boğlari, xiyobonlar va bozorlarda jamoat tartibini saqlaşni taşkil etiş bevosita Milliy gvardiya bölinmalari tomonidan amalga oşiriladi. Bu haqda Özbekiston Prezidentining “Özbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi kontseptsiyasini tasdiqlaş va uni amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmonida belgilandi.

Hujjatga muvofiq 2022-2023 yillarda tuman içki işlar organlari tarkibidagi konvoy bölinmalari bosqiçma-bosqiç viloyat içki işlar organlarining bevosita böysunuviga ötkazilib, yagona boşqaruv tizimi asosida tumanlararo xizmat ötaş tamoyiliga muvofiq qayta taşkil etiladi.

Farmon bilan Milliy gvardiya (R.M.Jörayev) ga quyidagilar yuklatildi:

  • Adliya vazirligi (R.Q.Davletov) bilan birgalikda bir oy muddatda jamoat tartibini saqlaş sohasida sodir etiladigan maʼmuriy huquqbuzarliklar töğrisidagi işlarni körib çiqiş vakolati içki işlar organlari bilan bir qatorda Milliy gvardiyaga berilişi böyiça qonun loyihasini kiritiş;
  • bir oy muddatda hududlarning xususiyatlaridan kelib çiqqan holda jamoat tartibini saqlaş faoliyatini samarali taşkil etiş maqsadida 2022 yilda Namangan, Farğona, Andijon va Surxondaryo viloyatlaridagi, 2023 yilda Qoraqalpoğiston Respublikasi, Samarqand va Qaşqadaryo viloyatlaridagi Milliy gvardiyaning harbiy qismlarida muddatli harbiy xizmatni kengaytiriş böyiça asoslantirilgan takliflar kiritiş.
×