Hukumat qarori (555-son, 03.07.2019 y.) bilan Özbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining qöriqlaş xizmati töğrisidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.
Qarorda belgilanişiça, Içki işlar vazirligining Qöriqlaş boş boşqarmasi va uning hududiy bölinmalari Milliy gvardiyaga ötkazilgan.
Nizomga muvofiq, qöriqlaş xizmatining asosiy vazifasi şartnoma asosida davlat obʼektlarini, öta muhim, toifalangan va boşqa obʼektlarni, jismoniy va yuridik şaxslarning mol-mulklarini qöriqlaşni taʼminlaş hisoblanadi.
Qöriqlaş xizmati uçun narx Davlat byudjetidan moliyalaştiriladigan taşkilotlar uçun Moliya vazirligi bilan kelişib, boşqa taşkilotlar uçun Milliy gvardiya qömondoni tomonidan mustaqil belgilanadi.
Nizom bilan Qöriqlaş xizmatining majburiyatlari va huquqlari, naryadlarning faoliyatini taşkil etiş, xodimlarning javobgarligi belgilab berildi.
Xususan, Qöriqlaş xizmati xodimi davlat organi vakili hisoblanadi va davlat himoyasi ostida böladi.
Qöriqlaş xizmati xodimi xizmat vazifasini bajarişda faqat bevosita yoki töğridan-töğri boşliğiga (komandiriga) va masʼul navbatçiga böysunadi.









