Xalqaro kongress markazida Özbekiston Liberal-demokratik partiyasining X sʼezdi bölib ötmoqda. Unda Şavkat Mirziyoyev öz saylovoldi dasturi – Yangi Özbekiston strategiyasining asosiy yönalişlari böyiça maʼruza qilmoqda.
“Kelgusi yildan 28 ta tuman va şaharda eksperiment tariqasida hududni rivojlantiriş va muammolarni hal qiliş böyiça hokimliklarning vakolat va imkoniyatlari kengaytiriladi. Yuridik şaxslardan olinadigan yer soliği töliğiça uşbu tuman va şaharlarda qoldiriladi.
2022 yildan boşlab boğça, maktab, soğliqni saqlaş obʼektlarini quriş va taʼmirlaşga ajratiladigan 4 trillion söm mablağni taqsimlaş vakolati viloyatlarga beriladi. Bundan buyon, Xalq taʼlimi vazirligi taʼlim-tarbiya sifatiga, mahalliy hokimliklar esa quriliş-taʼmirlaş işlariga javob beradi.
Kelgusi beş yilda davlat idoralari ştatlarini oşirişga yöl qöyilmaydi. Aksinça, raqamlaştiriş va qator funktsiyalarni xususiy sektorga beriş hisobiga ştatlar qisqartirib boriladi. Qator vazirlik, idora va xöjalik birlaşmalari hamda mahalliy ijro hokimiyati organlari faoliyati islohotlarimiz talablaridan kelib çiqib, tanqidiy qayta körib çiqiladi” – dedi Şavkat Mirziyoyev.









