Dorixonalarda kuçli taʼsir qiluvçi tabletka sotgan şaxslar qölga olindi

Dorixonalarda kuçli taʼsir qiluvçi tabletka sotgan şaxslar qölga olindi

29 sentyabr kuni Çilonzor tumanida olib borilgan profilaktik tadbirlar davomida Toşkent şahar IIBB xodimlari Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraş departamenti va IIV vakillari bilan hamkorlikda bir qator dorixonalarni tekşirişdi.

Dorixonalardan birida 24 yoşli Javohir Ye. tomonidan kuçli taʼsir qiluvçi dori vositalarining noqonuniy savdosi bilan boğliq fakt aniqlandi. Tekşiruv davomida 957 ta «Zardeks» tabletkasi va 28 ta «Regapen» tabletkalari aşyoviy dalil sifatida olib qöyildi.

Boşqa bir dorixonada 30 yoşli Sanjar N. dori vositalarining qonunga xilof savdosini amalga oşirgan. Tekşiruv natijasida dorixonadan 78 ta «Zardeks» tabletkalari, 6 ta «Selofen», 4 ta «Regapen» va bir flakon «Tropikamid» topilib, olib qöyildi.

Bu kabi faktlar Çilonzor tumani 18-kvartalida joylaşgan dorixonada ham aniqlandi. 27 yoşli Javlonbek Yu. kuçli taʼsir qiluvçi dori vositalarini sotişi maʼlum böldi. Aşyoviy dalil sifatida 7 ta «Regapen», 28 ta «Zardeks», 5 ta «Selofen» va 3 flakon «Tropikamid» olib qöyildi.

Uşbu tumanda yana bir şunga öxşaş fakt aniqlandi. 35 yoşli Törabek I. dori vositalarini qonunga xilof tarzda sotganlikda gumonlanmoqda. Dorixonadan 17 tabletka «Regapen», 50 tabletka «Karbamazepin», 1 flakon «Tropikamid» va bitta «Selofen» tabletkasi topildi.

Çilonzor tumani 8-kvartalda joylaşgan dorixonada ham 21 yoşli Sardor X. va 30 yoşli Iqboljon N.lar dori vositalarining qonunga xilof savdosi bilan şuğullanganliklari aniqlandi. Aşyoviy dalil sifatida 45 ta «Zardeks» tabletkalari, 14 ta «Regapen», 5 ta «Selofen» tabletkalari va bir flakon «Tropikamid» olib qöyildi.

Yuqoridagi faktlar böyiça Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi («Sifatsiz yoki qalbakilaştirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni ötkaziş maqsadida işlab çiqariş, tayyorlaş, oliş, saqlaş, taşiş yoki ötkaziş, dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan taşqarida realizatsiya qiliş, şuningdek tarkibida kuçli tasir qiluvçi moddalar mavjud bölgan dori vositalarini retsept böyiça çakana realizatsiya qiliş tartibini buziş») böyiça jinoyat işlari qözğatildi.

×