Bugun, 6 dekabr Samarqand tumani “Qoziqörğon” MFYda uçta yonma-yon xonadonda yonğin sodir böldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.
Tuman FVBga soat 7:30 da “Qoziqörğon” MFYda joylaşgan xonadonlarda yonğin sodir bölayotgani haqida xabar kelib tuşgan. Mazkur xabarga asosan voqea joyiga 6 ta yonğin-qutqaruv ekipaji soat 07:42 da yetib borib, yonğin 08:08 da qurşab olingan va soat 08:58 da bartaraf etilgan.
Hodisa oqibatida 3 ta uyning jami 170 kv.m. maydonida tom, şift va uy jihozlari yonib zaralangan.
Yonğin oqibatida jabrlangan va halok bölganlar yöq. Hozirda yonğin sababi hamda keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.









