Maskning boyligi Tesla aktsiyalarining ösişi fonida oşdi. U oxirgi ikki oy davomida reytingda yetakçilik qilgan Bernard Arnoni birinçi örindan çetga surib qöydi, deb xabar berdi Bloomberg. Tesla va SpaceX asosçisi Ilon Mask Bloomberg talqiniga köra, sayyoraning eng boy odamlari reytingida yana birinçi örinni egalladi. Maskning boyligi, agentlikning 28 fevral, seşanba kungi maʼlumotlariga köra, Tesla aktsiyalari ösişi fonida 187,1 milliard dollargaça oşgan. Elektr avtomobil işlab çiqaruvçisining aktsiyalari 6 yanvardagi eng past körsatkiçdan 70 foizga oşib, bir aktsiya uçun 207,63 dollarni taşkil qildi.
Bloomberg maʼlumotlariga köra, Twitter egasi Ilon Maskning şaxsiy boyligi Louis Vuitton Moët Hennessy kompaniyalar guruhi rahbari Bernard Arnoning boyligidan oşib ketgan, u sönggi ikki oy davomida röyxatda ustunlik qilgan. Bloomberg Arnoning aktivlarini 185,3 milliard dollarga baholamoqda.
Şu bilan birga, real vaqt rejimida milliarderlar reytingini tuzuvçi Forbes jurnali maʼlumotlariga köra, röyxatda birinçi örinda Bernard Arno (206,3 milliard dollar), ikkinçi örinda Ilon Mask (197,7 milliard dollar) turibdi. Mask dekabr oyida reytinglarda yetakçi sifatida Bernard Arnoga öz örnini böşatib berdi.









