Prezident uşbu haftada Andijonga boradi

Prezident uşbu haftada Andijonga boradi

Özbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibi Şerzod Asadov navbatdagi brifingini ötkazdi. Unda uşbu haftada rejalaştirilgan tadbirlar töğrisida maʼlumot berildi.

Qayd etilişiça, bu haftada ham prezident Şavkat Mirziyoyevning kun tartibi tiğiz böladi.

Bugun soğliqni saqlaş sohasiga oid masalalar va takliflar (birinçi navbatda onkologiya va gematologiya yönalişlariga oid), hamda Toşket viloyatining Tatariston bilan hamkorligi yuzasidan taqdimotlar,  ertaga oliy taʼlim sohasidagi islohotlar va joriy yilgi qabul jarayoniga tayyorgarlik böyiça videoselektor ötkazilişi belgilangan.

Şuningdek, 15 iyun kuni prezident Şavkat Mirziyoyev Birlaşgan Arab Amirliklari hukumat va kelajak işlari böyiça vaziri Al-Gergavi va 16 iyun kuni esa Tatariston prezidenti Rustam Minnixanov bilan uçraşuvlari möljallangan.

17-18 iyun kunlari esa davlat rahbarining Andijon viloyatiga safari rejalaştirilmoqda.

×