BMTning 1999 yil 17 dekabrdagi rezolyutsiyasi bilan yillar davomida bir neça davlatlarda «16 kun zöravonliksiz!» deb nomlangan aktsiya ötkazilmoqda.
Şu munosabat bilan bugun, 26 noyabr kuni «Wyndham Tashkent» mehmonxonasida Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi hamda BMT taraqqiyot dasturi hamkorligida «Yangi Özbekistonda oilaviy zöravonlikni oldini oliş va oilaviy zöravonlikdan jabr körganlarga amaliy kömak beriş: muammo va yeçimlar» mavzusida xalqaro konferentsiya bölib ötdi.
Tadbirdan közlangan maqsad — xorijda bu masalada olib borilayotgan tajribalar bilan örtoqlaşiş hamda yurtimizda amalga oşirilayotgan işlar bilan iştirokçilarni taniştiriş.
— Joriy yil 2000 taga yaqin ajraşişlar masalasi yuzasidan arizalar kelib tuşgan bölsa şulardan 800 ta oilani yaraştirişning iloji bölmadi. Çunki şu paytgaça oilalarni majburan saqlab qoliş tamoyili noxuş holatlarni keltirib çiqarmoqda, — dedi Özbekiston Respublikasi IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi boş boşqarmasi boşliği örinbosari, xotin-qizlar masalalari böyiça bölim boşliği polkovnik Umida Abdullayeva. — Şuning uçun oilani saqlab qolişga heç qanday imkon bölmaganda ularni ajratiş maqsadga muvofiq böladi. Oilani saqlab qolişning iloji bölganida esa er va xotin bilan psixolog, huquqşunos hamda tibbiyot xodimlari şuğullanadilar.
Maʼlumotlarga qaraganda, sudlar tomonidan ayollarga nisbatan zöravonlik va tazyiq ötkaziş bilan boğliq 2012 ta jinoyat işlari körilgan. Şundan 1629 nafar şaxsga nisbatan ayblov hukmlari çiqarilgan.
Eʼtiborlisi, zörovonlik toifasidagi jinoyatlarning 80 foizi heç qayerda işlamaydigan şaxslar tomonidan sodir etilgan.
Boş prokuror örinbosari Svetlana Ortiqova jurnalistlar va mehmonlar tomonidan örtaga taşlangan savollarga javob berarkan: «Gender tenglik masalasida xorij tajribasini qöllaş bilan birga mentalitetimizga mos bölmagan, qadriyatlarimizga töğri kelmaydigan omillardan foydalanmaslik maqsadga muvofiq», dedi.
Tadbir doirasida respublikamizning barça hududlaridagi reabilitatsiya markazlarining faoliyatiga ham töxtab ötildi.









