Özbekistonliklar asosan qaysi davlatlarga köçib ketmoqda?

Özbekistonliklar asosan qaysi davlatlarga köçib ketmoqda?

AQŞ özbekistonliklar eng köp köçib ketayotgan davlatlar uçligiga kirdi. Davlat statistika qömitasining yanvar-iyun oylari uçun maʼlumotlari şundan dalolat bermoqda. Birinçi çorak natijalariga köra, Qöşma Ştatlar törtinçi örinni egallagandi.

Yanvar-iyun oylarida jami 4 847 kişi boşqa mamlakatlarga köçib ketdi. Eng köpi - Qozoğistonga (56,3 %). Keyingi örinlardan Rossiya (36,9 %), AQŞ (1,2 %), Isroil (1 %) joy oldi. Boşqa mamlakatlar hissasiga qolgan 4,6 % töğri keldi.

Xuddi şu davrda 1 361 kişi doimiy yaşaş uçun köçib keldi. Eng köpi Qozoğistondan (29,7 %). Keyingi örinlarda Tojikiston (24,2 %), Rossiya (22,3 %), Qirğiziston (14,3 %) qayd etilgan. Boşqa mamlakatlar hissasiga esa qolgan 9,5 % töğri keladi.

Umuman olganda, yil boşidan buyon kelganlar soni 78,9 ming kişini taşkil etdi (içki 77,5 ming kişi, taşqi - 1,4 ming kişi), çiqib ketganlar - 82,4 ming kişi (içki 77,5 ming kişi, taşqi - 4,9 ming kişi).

Migratsiya saldosi minus 3,5 ming kişiga yetdi va 2018 yilning şu davriga nisbatan minus 6,2 ming kişini taşkil etdi.

Migratsiya darajasi yuqoriligi Qaşqadaryo (minus 3,3 ming kişi), Samarqand (minus 2,5 ming kişi) va Qoraqalpoğistonga (minus 1,7 ming kişi) töğri keladi. Migratsiyaning ijobiy saldosi Toşkent şahrida (plyus 12,9 ming kişi) qayd etildi.

×