Hokimlik va bank mansabdorlari qölga olindi

Hokimlik va bank mansabdorlari qölga olindi

Toşkent şahar Olmazor tumani hokimligining mansabdor şaxslaridan biri noqonuniy daromad oliş maqsadida, 1978 va 1980 yillarda tuğilgan ikki nafar fuqaro bilan kelişgan holda, tadbirkorlik bilan şuğullanmoqçi bölgan şaxsning işonçiga kirişadi.

Unga plastik trubalar işlab çiqaruvçi zavod qurişi uçun yuqori lavozimda işlovçi tanişlari orqali Toşkent viloyatining Zangiota tumani hududidan 12 gektar yer maydoni olib beriş evaziga 1 mln. 560 ming AQŞ dollari talab qilişadi.

Davlat xavfsizlik xizmatining Toşkent viloyati böyiça boşqarmasi xodimlarining viloyat prokuraturasi hamda iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş Departamentining hududiy boşqarmasi bilan hamkorlikda ötkazgan tezkor tadbiri davomida, ular Toşkent şahridagi restoranlardan birida avans sifatida 50 ming AQŞ dollarini olgan vaqtlarida aşyoviy dalillar bilan uşlandi.

Yana bir boşqa holatda ham firibgarlik yöli bilan özganing pul mablağini özlaştirmoqçi bölgan bank xodimi uşlandi.

Xususan, Özbekiston Respublikasi Markaziy bankining Toşkent şahar boşqarmasi xodimi Toşkent viloyatida yaşovçi fuqaroni hokimiyat tizimida işlovçi tanişlari orqali 2022 yilning mart oyiga qadar Toşkent şahrida subsidiya hisobidan uy-joy oluvçilar röyxatiga kiritiş hamda uy-joy olişida kömaklaşiş evaziga, undan 2000 AQŞ dollari olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati, Içki işlar vazirligi, Toşkent viloyat prokuraturasi hamda Departamentning Toşkent viloyati boşqarmasi xodimlari tomonidan uşlandi.

Hozirda har ikki holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 168 va 28, 211-moddalari bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

×