Prezident “Yor-yor” va “Mahallada duv-duv gap” körsatuvlarini qattiq tanqidga oldi

Prezident “Yor-yor” va “Mahallada duv-duv gap” körsatuvlarini qattiq tanqidga oldi

Şayxontohur tumaniga taşrifi çoğida davlat rahbari mahallalar faollari bilan uçraşdi. Yangi tayinlanayotgan hokim yordamçilari ham iştirok etgan yiğilişda “Nuroniy” jamğarmasining Toşkent şahar kengaşi raisi Rustam Kalonov ham söz oldi.

“Mana, muhtaram prezident, mahallalarga katta eʼtibor beryapsiz. Lekin bir fikr bor edi – “Sevimli” telekanalida “Mahallada duv-duv gap” degan körsatuv bor. Umuman bizning anʼanalarimizga zid. Qanday qilib uni oila davrasida tomoşa qiliş mumkin, hayronman. Şunçalik bir masalani muhokama qilmoqçi ekan, öşa mahallasiga borib qilsin şuni. Yana “Yor-yor” degani ham bor. Unda çiqib xotinlar er topaman deydi, erkaklar xotin. Yaxşi erkak bölsa özi xotin topib oladi”, – dedi Rustam Kalonov.
 
Prezident tadbirda iştirok etayotgan boş vazirga topşiriq berdi: “Abdulla Neʼmatoviç, özingiz nazoratga oling bu masalani”, – dedi davlat rahbari.

“Mahallada duv-duv gap” “Sevimli” telekanali orqali efirga uzatiluvçi tok-şou hisoblanadi va unda asosan turli çigal taqdirlar egalari, oilaviy masalalar muhokama qilinadi. “Yor-yor” körsatuvi esa “ZörTV” telekanali mahsuloti. Unda turmuş quriş istagida bölganlar efirga olib çiqiladi. Sönggi paytlarda bu dastur iştirokçilarining qisqa lavhalardagi gaplari köp tanqidlarga uçrayotgan edi.

Eslatib ötamiz, Yunusobod tumani faollari bilan uçraşuv çoğida ham prezidentga xususiy telekanallar faoliyatidan, xususan xorijiy seriallardan şikoyat qilingandi.

“Albatta, efirga uzatilayotgan dasturlar milliyligimizga, yoşlar tarbiyasiga mos bölişi muhim. Lekin şu bilan birga ommaviy axborot vositalarining faoliyatini ham asossiz çeklab qöya olmaymiz. Ular endigina söz erkinligiga örganib, faoliyatlarini yölga qöyib kelmoqda”, – degandi prezident bunga javoban.

×