Davlat boşqaruvi organlari va hokimliklar samaradorligini oşiriş orqali aholi farovonligini taʼminlaş va «mobil boşqaruv apparati»ni yaratiş maqsadida 2022–2023 yillarga möljallangan Yangi Özbekiston maʼmuriy islohotlari dasturini işlab çiqiş böyiça taşkiliy çora-tadbirlar töğrisidagi Prezident Farmoyişi qabul qilindi.
Farmoyişga köra, Yangi Özbekiston maʼmuriy islohotlari dasturi loyihasiga takliflar işlab çiqilişida quyidagilar ustuvor yönaliş hisoblanadi:
davlat boşqaruvi organlarining maqomini belgilaş;
takrorlanuvçi vazifa va funktsiyalarini qisqartiriş;
rahbar örinbosarlarining yönalişlar kesimidagi javobgarlik çegaralarini aniq belgilaş;
vazirlik va idoralar ştat birliklarini maqbullaştiriş;
boşqaruv jarayonini avtomatlaştiriş, iş yurituvini töliq raqamlaştiriş;
«Oçiq idora» loyihasini amalga oşiriş;
davlat xizmatlarini töliq raqamlaştiriş va fuqarolarning sansalorligiga barham beriş;
vazirlik va idoralarning ayrim funktsiyalarini nodavlat sektoriga ötkaziş;
tegişli vazirlik va idoralarning hududiy bölinmalarini bitta maʼmuriy binoga joylaştiriş
orqali aholiga «Yagona darça» tizimi asosida xizmat körsatiş;
kadrlarni tanlov asosida va keng raqobat muhitida işga qabul qilişni töliq joriy qiliş;
öz ustida işlamaydigan va masʼuliyati bölmagan kadrlarga nisbatan «jamoaviy taʼsir»ni amalga oşiriş;
vazirlik va idoralarda yagona kadrlar reytingini yuritiş;
davlat xizmatçilari tomonidan olinadigan kafolatlangan bepul xizmatlar va vositalar paketini işlab çiqiş;
tender va tanlovlarni oçiq va şaffof holda ötkaziş tizimini takomillaştiriş;
xalq deputatlari Kengaşlarining mahallalardagi mavjud muammolarni hal qilişdagi rolini oşiriş;
mahalliy vakillik organlarida doimiy asosda faoliyat yurituvçi deputatlar korpusini şakllantiriş;
hokimlar, ularning örinbosarlari va maslahatçilarining vakolat çegarasini aniq belgilaşdan iborat böladi.









