Tokio COVID-19 tufayli fuqarolarga 15,8 milliard dollar tölaydi

Tokio COVID-19 tufayli fuqarolarga 15,8 milliard dollar tölaydi

Tokio hukumati COVID-19 pandemiyasi şaroitida aholiga yordam beriş uçun 1,8 trillion iyena (taxminan 15,8 milliard dollar) ajratişga qaror qildi. Bu haqda mahalliy Yomiuri naşriga tayanib «TASS» xabar bermoqda.

Qayd etilişiça, Yaponiya hukumati uşbu tölovlarni 2022 moliya yili uçun davlat byudjeti loyihasiga kiritgan.

174 AQŞ dollaridan yordam puli plastik karta körinişidagi şaxsiy guvohnomaga ega bölgan barça fuqarolarga beriladi.

Bunday holatda pul olişning şarti fuqaroning uşbu kartalardan tibbiy suğurta sifatida foydalanişga roziligi böladi va ular ham bank hisobiga boğlangan bölişi kerak. Şunday qilib, rasmiylar yagona identifikatsiya kartalarini ommalaştirişni kuçaytirmoqçi. Ayni paytda yaponiyaliklarning atigi 39 foizi ulardan foydalanadi.

Avvalroq Milliy genetika instituti professori Ituro Inoue Yaponiyada COVID-19 virusining delta ştammi doimiy mutatsiyalar tufayli öz-özini yöq qilganidan söng pasayganini maʼlum qilgandi. Bundan taşqari, mamlakatda vaktsinatsiyaning yuqori körsatkiçlari va infektsiyadan himoyalaniş çoralariga rioya qiliş tufayli infektsiyalar soni kamaygan bölişi mumkin.

×