Oliy va örta maxsus taʼlim vazirining Özbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalari bitiruvçilarining yakuniy davlat attestatsiyasi töğrisidagi nizomga özgartirişlar kiritişni nazarda tutuvçi buyruği davlat röyxatidan ötkazildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
Unga köra, endilikda yakuniy davlat attestatsiya sinovidan öta olmagan şaxs keyingi har bir öquv yilida (3 yil davomida) öz arizasiga muvofiq 2 martagaça imtihonni qayta topşiriş huquqiga ega.
Oldingi tartib böyiça bitiruvçi yakuniy davlat attestatsiyasi sinovidan öta olmagan taqdirda keyingi yillarda qayta topşiriş huquqiga ega edi. Uşbu holat talaba uçun birmunça qiyinçiliklar, xususan uning bir yillik qimmatli vaqtini maqsadli sarflay olmasligiga sabab bölib kelgan.
Endilikda talabalar tomonidan qayta topşiriş töğrisidagi arizalar yiğilişiga qarab bir öquv yilda ikki martagaça davlat imtihonlarini qayta topşiriş imkoniyati yaratildi.









