Endi OAVlar davlat xizmatlari markazida röyxatdan ötkaziladi

Endi OAVlar davlat xizmatlari markazida röyxatdan ötkaziladi

Ommaviy axborot va kommunikatsiyalar sohasida davlat xizmatlari körsatişning ayrim maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlaş töğrisida Hukumat qarori (1017-son, 19.12.2019 y.) qabul qilindi. Bu haqda "Huquqiy axborot" kanali xabar qildi.

Qaror bilan quyidagi maʼmuriy reglamentlar tasdiqlandi:
- ommaviy axborot vositalarini davlat röyxatidan ötkaziş böyiça davlat xizmati körsatiş;
- matbaa faoliyatini amalga oşiriş uçun ruxsat beriş böyiça davlat xizmati körsatiş;
- noşirlik faoliyatini litsenziyalaş böyiça davlat xizmati körsatiş.

Mazkur reglamentlarga muvofiq, körsatiladigan davlat xizmatlaridan foydalaniş uçun yuridik va jismoniy şaxslar faqat Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilişlari mumkin.

Reglamentga köra, ommaviy axborot vositalarini davlat röyxatidan ötkazilganligi töğrisidagi guvohnoma hamda noşirlik faoliyatini amalga oşiriş huquqini beruvçi litsenziya çeklanmagan muddatga, matbaa faoliyatini amalga oşiriş uçun guvohnoma esa beş yil muddatga beriladi.

×