Avvalroq Rossiya Mudofaa vazirligi Prezident Vladimir Putinning topşiriğiga binoan Afğonistondagi rossiyaliklarni evakuatsiya qilişi haqida xabar bergan edik.
Rossiya Mudofaa vazirligining Afğonistondan fuqarolarni evakuatsiya qilgan samolyoti Moskva viloyatiga qöndi. Ammo unda faqatgina rossiyaliklar emas, balki Armaniston, Belarus, Ukraina va Afğoniston fuqarolari ham evakuatsiya qilindi. Bu haqda TASS xabar berdi.
Afğonistondan olib kelingan odamlar koronavirusga qarşi nazoratdan ötkazilgan. Qobulga 108 tonna gumanitar yordam olib borgan Il-76 samolyotida beş davlatning 205 nafar fuqarosi qaytarilgan.
Maʼlumot uçun, Putinning topşiriğiga köra, Mudofaa vazirligi 380 kişini evakuatsiya qilişi aytilgandi.









