Qaşqadaryoda öz farzandlarini öldiriş bilan tahdid qilgan ota qamoqqa olindi

Qaşqadaryoda öz farzandlarini öldiriş bilan tahdid qilgan ota qamoqqa olindi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Qaşqadaryoda ota farzandlarini öldiriş bilan tahdid qildi. Vaziyat şoşilinç çora körişni taqozo qilmoqda” haqida xabar tarqatilgan.

Aniqlanişiça, fuqaro A.R tomonidan voyaga yetmagan farzandlari Ax.J va Ad.Jlarni öldiriş bilan qörqitib, haqoratlab, tazyiq ötkazib kelayotganligi tasvirga olingan.

Bugun, 21 yanvar kuni viloyat prokurori E.Tadjiyev tomonidan mutasaddi taşkilot vakillari iştirokida voyaga yetmagan Ax.J va Ad.Jni buvisi M.X bilan birga viloyat prokuraturasiga taklif qilinib, ötkazilgan suhbat jarayonida voyaga yetmagan şaxslar otasi tomonidan muttasil qiynab, urib, haqoratlab kelinganligi aniqlandi.Mazkur holat yuzasidan şu kunning özida JKning 110-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, A.R. qamoqqa olindi.

Şuningdek, voyaga yetmagan şaxslar ijtimoiy himoyaga olinib, tergov harakatlari yuzasidan nazorat örnatildi.

×