AQŞ politsiyasi şifokorni öldirişda gumonlanayotgan aralaş jang sanʼati (MMA) böyiça rossiyalik jangçi Akmal Hojiyevni hibsga oldi. Bu haqda “Interfaks” yozmoqda.
Tergov şuni körsatdiki, hodisa koronavirusga qarşi emlaş zarurati böyiça kelişmovçiliklar tufayli sodir bölgan. Kötarilgan bahs oxir-oqibat emlaşga qarşi bölgan Hojiyevning tajovuzkor harakatlariga olib kelgan.
Qayd etilişiça, jangçi va şifokor Miran Ribati örtasida döstona munosabat bölgan, ular bir sport zalida şuğullangan. Qotillik Hojiyevning uyida sodir bölgan, bunga sportçining onasi va singlisi guvoh bölgan.
OAV maʼlumotlariga köra, Hojiyev şifokorga orqadan hujum qilib, uni böğa boşlagan. Jangçi Ribatini polga yiqitib, uni harakatsizlantirgan. Guvohlar politsiyaga qönğiroq qilib, Hojiyevni töxtatmoqçi bölgan. Keyin sportçi örnidan turib oşxonaga kirgan va u yerda tuşlikdan keyin qolgan suyakni olgan. U bu suyak bilan şifokorni bir neça marta urgan.
Guvohning sözlariga köra, bir vaqt Ribati örnidan turişga muvaffaq bölgan va yaşirinişga uringan. Biroq, Hojiyev unga yetib olib, piçoq bilan urgan.
Voqea joyiga yetib kelgan politsiyaçilar sportçini Ribatining jasadi yonidan topgan. Jangçi qilgan işini darhol tan olgan.
MMA Junkie’ning qayd etişiça, Hojiyev 1 million dollar garov evaziga ozod etilişi mumkin.
Maʼlumot örnida, 27 yoşli Hojiyev MMA böyiça professional janglarda törtta jang ötkazib, uçtasida ğalaba qozongan.









