Soğliqni saqlaş vazirligi va qator manfaatdor taşkilotlar taklifiga köra, Respublika maxsus komissiyasi Afğoniston Islom Respublikasida koronavirus infektsiyasi bilan boğliq epidemiologik vaziyat keskinlaşayotganligini inobatga olib, özbek-afğon Davlat çegarasi orqali fuqarolarning harakatlanişini vaqtinça töxtatişga qaror qildi.
Şu bilan birga, Afğoniston Islom Respublikasi fuqarolariga turistik vizalar berişni hamda turistik firmalardan viza talabnomalarini qabul qiliş vaqtinça töxtatiladi.
Bunda «Termiz-avtoyöl» çegara ötkaziş punkti orqali quyidagi toifadagi fuqarolar va transport vositalarining harakatlanişiga ruxsat beriladi:
- diplomatik vakolatxonalar, konsullik muassasalar va xalqaro taşkilotlar xodimlari hamda ularning oila aʼzolariga;
- xalqaro yuk taşiş bilan şuğullanuvçi haydovçilarga;
- öz yurtiga qaytayotgan Özbekiston Respublikasi va Afğoniston Islom Respublikasi fuqarolariga.
Şuningdek, «Termiz-avtoyöl» çegara ötkaziş punkti orqali Özbekiston Respublikasiga kirib kelayotgan şaxslar tomonidan ötkaziş punktida faoliyat yuritayotgan maxsus klinika yoki laboratoriyalarda koronavirus infektsiyasi antigenini ekspress test tekşiruvi orqali manfiy natija qayd etilgan taqdirda Özbekiston Respublikasi hududiga kiritiladi.
Koronavirus infektsiyasiga musbat natija aniqlangan Özbekiston Respublikasi fuqarolari esa tegişli hududda joylaşgan maxsus klinikalarga davolaş uçun yuboriladi.
Koronavirus infektsiyasiga musbat natija aniqlangan çet el fuqarolari esa Özbekiston Respublikasi hududiga kiritilmaydi.
Bundan taşqari, sinov tariqasida Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan Özbekiston Respublikasiga çegara ötkaziş punktlari orqali kirib kelgan barça şaxslardan, respublika hududiga kirib kelganlaridan söng 7-kuniga qadar koronavirus infektsiyasiga polimeraza zanjirli reaktsiya tekşiruvini ötkaziş va bunda test xarajatlarini Davlat byudjeti mablağlari hisobidan qoplaş tizimi joriy etiladi.









