Uloq-köpkari öyinidagi YTH: “Kamaz” “Zil” ustiga çiqib ketdi

Uloq-köpkari öyinidagi YTH: “Kamaz” “Zil” ustiga çiqib ketdi

Samarqand viloyatida 14 noyabr kuni “Kamaz” va “Zil” rusumli yuk avtomobillari iştirokida yöl transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda Içki işlar Yöl harakati xavfsizligi boş boşqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilişiça, voqea soat 16:00 atrofida viloyatning Payariq tumani hududida ötkazilgan uloq-köpkari öyini davomida sodir bölgan. 

Bellaşuv bölib ötayotgan joy atrofidagi balandlikda turgan “Kamaz” rusumli yuk avtomobili haydovçisi eʼtiborsizlik qilib, qöl tormozini tortmaganligi oqibatida, avtomobil pastlikka harakatlanib ketgan va “Zil” rusumli yana bir yuk avtmobili bilan töqnaşgan.

Xabarga köra, hodisa oqibatida tan jarohat olgan fuqarolar yöq. Mazkur holat yuzasidan Payariq tumani IIB YHXB xodimlari tomonidan suriştiruv işlari olib borilmoqda.

×