“Elektr uzildi” degan gap odamlarning esidan çiqib ketdi – Şavkat Abdurazzoqov

“Elektr uzildi” degan gap odamlarning esidan çiqib ketdi – Şavkat Abdurazzoqov

Özbekistonda “elektr uzildi” degan gap odamlarning esidan çiqib ketdi. Bu haqda keça, 25 avgust kuni Namangan viloyati hokimi Şavkat Abdurazzoqov Prezident iştirokida Özbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi arafasida 143 ta loyihaga start beriş marosimida söz oçdi.

“Energiya saqlaş tizimida turibmiz. Bitta narsaga amin bölib, hamma qaytaryaptiki, Özbekistonda, Namanganda elektr uzildi degan gap odamlarning esidan çiqib ketdi. Mana, hurmatli Prezidentimizning sönggi yillardagi eng katta islohotlarining natijasi degan işonç hosil qilindi. Çunki Namanganning özida ikkita 500 megavattli quyoş elektr stantsiyasi, Uçqörğon, Norin, Uyçi tumanlarida 300 megavattga yaqin GESlar qurilişi, Pop tumanida ham yana 200 megavattli qurilişi aytilgan gaplarning isboti”, deydi Şavkat Abdurazzoqov.

Uning bildirişiça, Namangan viloyatiga ötgan yili 4 milliard dollar investitsiya kiritilgan. Bu yil sakkiz oyda 3 milliard 200 million dollar va yil yakuni bilan 5 milliard dollar investitsiya kiritiladi. Buning ustida işlanyapti, aniq loyihalar bor.

“Kuni keça Ozarbayjon bilan ham siz 210 million dollarlik uçta loyihamizga start bosib berdingiz. Bu yilning özida 1300 kilometr içki yöllarni taʼmirlayapmiz. Umuman, sönggi yillarda 6400 kilometr içki yöllar asfaltlandi. Hurmatli Prezident, bunaqangi işlar heç qaçon bölmagan, birorta soha qolgani yöq. Bu yilning özida 12 trillionlik barça manbalar hisobidan investitsiyalar özlaştirilyapti. Biz sizga vaʼda beramiz, yil yakuni bilan oldimizga qöygan kambağallikdan çiqariş, işsizlikni bartaraf qiliş böyiça topşiriqlarni bajaramiz”, deydi Namangan viloyati hokimi.


×