Rossiyalik mohir UFC jangçisi Islam Maxaçev Den Xukerni mağlubiyatga uçratganidan söng yengil vazn toifasidagi jangçilar reytingida 4-öringa kötarilib oldi. Bu orqali u keyingi jangda kamarga daʼvogarlik qilişga umid qilmoqda.
“Şanba oqşomi va dekabr oyida mening vazn toifamda ikkita muhim, faoliyatim uçun ahamiyatli jang bölib ötadi. Yaxşi holatda menda keyingi jangimdayoq UFC kamari uçun oktagonga çiqiş imkoniyati yuzaga keladi. Men ançadan beri bu kunni kutyapman. Ötkazgan janglarim va qozongan ğalabalarimdan kelib çiqib, çempionlik jangiga haqliman deb öylayman”, deydi Maxaçev.
Uşbu janglar Toşkent vaqti bilan ertaga tongda Maykl Çendler va Jastin Geytji örtasida bölib ötadi. Ğolib çempionlik kamari uçun daʼvogarga aylanadi. Çempion Çarlz Oliveyra esa 11 dekabr kuni daʼvogar Dastin Poredan kamarini himoya qiladi. Agar Çendler ğalaba qozonib, Oliveyra kamarini özida saqlab qolsa, Maxaçevning imkoniyatlari keskin oşadi.









