Amerikaning Kasalliklarni nazorat qiliş va oldini oliş markazi sayohat qiliş böyiça davlatlarni koronavirusga çaliniş xavfi eng yuqori, yuqori, örtaça, past va nomaʼlum bölgan guruhlarga böldi. Özbekiston nomaʼlum röyxatdan joy oldi.
Reytingda qayd etilişiça, Özbekistondagi hozirgi ahvol nomaʼlum, hatto töliq emlangan sayohatçilarning koronavirus bilan kasallaniş ehtimoli bor.
Reytingga köra, mamlakatga kelişni rejalaştirganlarga avvalo töliq emlaniş tavsiya etilgan.
Şuningdek, sayohatçilardan Özbekistonda tavsiya yoki talablarga amal qilişlari, jumladan, niqob taqişlari, masofa saqlaşlarini söralgan.
Markaziy Osiyoning boşqa davlatlari: Turmaniston, Qozoğiston, Tojikiston ham vaziyat nomaʼlum mamlakatlar röyxatiga kiritilgan. Faqatgina Qirğiziston koronavirus bilan kasallaniş xavfi kam bölgan davlatlar qatorida.
Qayd etilişiça, kasallaniş xavfi kam bölgan davlatlarga ham sayohat qilişdan oldin, albatta, töliq emlaniş va mamlakatda örnatilgan qoidalarga amal qiliş tavsiya etilgan.









