Jeyms Bond ismli britaniyalik agent 007 haqidagi filmlarning boş qahramoni köpinça dunyoni qutqariş uçun portlovçi moslamaning qizil simini kesişi kerak bölgan vaziyatga duç keladi. Ayni vaqtda iqlim özgarişiga qarşi kuraşişga harakat qilayotgan dunyoning lider davlatlari rahbarlari ham xuddi şunday vaziyatda turibdi. Bu haqda Britaniya Boş vaziri Boris Jonson COP 26 iqlim sammitining oçilişida taʼkidladi.
“Biz, mening hamkasblarim va dunyo yetakçilari bugun Jeyms Bond bilan bir xil holatdamiz. Fojia şundaki, bu film emas, lekin qiyomat qurilmasi haqiqatdir (portlovçi bomba nazarda tutilgan)”, deydi u 1 noyabr kuni Glazgoda sözlagan nutqida.
Uning sözlariga köra, insoniyat uzoq vaqt davomida iqlim özgarişiga qarşi kuraşda sust harakat qildi, ammo bugun “portlovçi qurilmani” öçirib qöyadigan texnologiyalar mavjud.
“Bizda texnologiya bor, biz mablağ topa olamiz va hozir bizning oldimizda turgan savol – bizda xohiş bormi?”, deya qöşimça qildi Britaniya Boş vaziri.
Uning sözlariga köra, agar insoniyat iqlim özgarişiga qarşi kuraşiş masalalariga bugundan jiddiy yondaşişni boşlamasa, ertaga farzandlar uçun keç böladi.
“Biz suhbat, munozara va muhokamalardan kömir, maşinasozlik, pul va moliya böyiça kelişilgan real harakatlarga ötişimiz kerak. Qiymatiga qaramay yangi umidlar, maqsadlar kerak emas, balki özgarişlarni amalga oşiriş uçun aniq majburiyatlar va aniq jadvallar kerak. Biz iqlim özgarişi borasida osmondan tuşişimiz kerak”, deydi Jonson.
Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Boş kotibi Antoniu Guterriş öz nutqida barça mamlakatlardan iqlim özgarişiga qarşi kuraşning barça sohalarida “zudlik bilan va aniq çoralar” kutişini aytdi. Şu bilan birga, uning sözlariga köra, atmosferaga çiqarilayotgan zararli çiqindilar uçun javobgarlikning 80 foizi G20 (Katta yirigmatalik) davlatlarining zimmasiga tuşadi. Şuningdek, BMT Boş kotibi rivojlangan va rivojlanayotgan iqtisodiyotlarni dekarbonizatsiya va kömirni bosqiçma-bosqiç töxtatiş uçun koalitsiyalar tuzişga çaqirdi.
Eslatib ötamiz, joriy yilning 31 oktyabridan 12 noyabrigaça Şotlandiyaning Glazgo şahrida iqlim özgarişi böyiça jahonning eng yirik konferentsiyasi bölib ötadi.









