2020 yil bizni nafaqat muammolarni yeçişga majburlaydi, balki örta va uzoq muddatli istiqbollarni ham öylaşga taklif qiladi. Çunki bunda yangi yil boşlanişidan taşqari, yangi ön yillik ham boşlandi.
Biz 2019 yilni dunyoning köp davlatlaridagi norozilik namoyişlari bilan, Donald Trampning notinç taşqi siyosatining yangi belgilari bilan, lekin iqtisodiy inqirozlarsiz ortda qoldirdik.
2020 yilda dunyoni nimalar kutmoqda? 2020 yilda bizni tengsizlik va desinxronizatsiya kabi asosiy tendentsiyalari bilan ajralib turadigan kontekstdagi uşbu masalalar band qiladi.
EʼTIROZLAR VA JAVOBLAR
2019 yilning ikkinçi yarmi, ayniqsa dunyo mamlakatlaridagi fuqarolar noroziligi darajasi böyiça şiddatli böldi. Ammo 2020 yilda bu noroziliklarga qaraganda ularga berilişi kerak bölgan javoblar muhimroq böladi. Özini kuçliroq his qilgan davlatlar yangiça yaşaş mexanizmlarini tatbiq etadilar va namoyişçilarning çarçoq omilidan foydalanişga harakat qilmaydilar.
Boşqa tomondan, agar davlatlar özini zaif his qilsa va jamiyatda kuçli ijtimoiy böliniş bölsa, eʼtirozlarga nisbatan eʼtiroz bilan çiqiş yoki repressiyalar xavfi ortadi.
IQLIMNING SIYOSIYLAŞUVI
2020 yilda iqlim böyiça Kioto protokollarining örniga Parij bitimi kuçga kiradi va oşkoralik mexanizmlariga asoslanib, majburiyatni bajarmaydigan davlatlarga nisbatan ijtimoiy bosim kuçaytirilişi kerak.
2020 yilda iqlim özgarişiga qarşi kuraş harakatining kuçli yoyilişini va bu narsa hattoki öta keskin avj olişini kuzatişimiz mumkin. Iqlim özgarişiga qarşi kuraş, albatta öz ğolib va mağlublarini keltirib çiqaradi. Aynan şu yerda öng populist siyosatçilar katta sahnaga çiqiş uçun, hali ham yuqori darajada ifloslantiruvçi işlab çiqariş faoliyatiga boğliq bölgan aholi yoki hududlarga qörquv yaqinligini uqtirişga harakat qilişadi.
Hozirgaça asosan migratsiyaga qarşi kuraşga eʼtibor qaratgan kuçlar, tobora köproq iqlimiy radikalizmga murojaat qilişadi yoki boy globalistlarning taşvişi sifatida uşbu muammoning dolzarbligini rad etadilar.
IQTISODIYOTNING ESKI MUAMMOLARI
Global iqtisodiyotda 2019 yilda rejalaştirilgan xavotirlardan heç biri 2020 yilga kelib yöqolmadi va bunga kapitalizmning kelajagi, raqamlaştiriş va avtomatlaştirişning iqtisodiyotga taʼsiri, ijtimoiy xavfsizlik va ijtimoiy beqarorlik dinamikasi haqidagi uzoq muddatli muammolar qöşilişi kerak.
Yuqoridagi faktorlar hisobga olinmagan eskirgan iqtisodiy metodlardan kelib çiqadigan çora-tadbirlar kutilgan natijalarni bermaydi. Iqtisodiyotga bölgan yangiça qaraşlar öz safiga köplab izdoşlarni jalb qilişi va körsatkiçlar bunda qanday böladi degan munozaralar kuçayişi mumkin.
TEXNOLOGIYALAR YANGI KUÇ FAKTORI SIFATIDA
2020 yil 5G tarmoqlari yili böladi, biz uçun sunʼiy intellekt va kvant hisoblaş sohasida katta yutuqlarni köradigan ön yillik boşlanadi. Amerika Qöşma Ştatlari va Xitoy örtasida qandaydir texnologik G-2 şakllanmoqda va bunda tarixdagi “Sovuq uruş” ning yangiça elementlari mavjud.
Texnologik bipolyar dunyo yangi qaramlik va taʼsir doiralarini yaratadi, ammo orqada qolayotgan davlatlar orasida bunga qarşi reaktsiyalarni keltirib çiqaradi.
Maʼlumki, axborot — bu yangi turdagi neft kabidir, çunki hozirda u eng qimmatbaho manba bölib, uni egallaş uçun raqobat mavjud. Köproq axborot töplagan kişi, tizimning qolgan qismiga nisbatan kuçli pozitsiyani egallaydi. Lekin buni eng diqqatga sazovor jihati şundaki, axborot olamida odamlarni, ularni fuqarolik bilan taʼminlagan öz davlatlaridan köra, yirik informatsion texnologiya gigantlari yaxşiroq bilişadi.
2020 yilda şaxsiy xulq-atvorga asoslanib maʼlumotlar yiğişga ixtisoslaşgan uşbu “nazorat kapitalizmi” prognoz qilişning biznes modeli sifatida tijoratlaştiriladi.
AMERIKA QÖŞMA ŞTATLARIDA PREZIDENTLIK SAYLOVLARI
2020 yil 3 noyabr kuni amerikaliklar öz prezidentini saylaşadi. Tramp prezidentligining haddan taşqari qöpol xatti-harakati va notöğri qarorlari sönggi uç yil uçun xalqaro kun tartibini şakllantirdi va 2020 yilda ham şunday davom etadi.
Saylov kampaniyasi davrida nomzodlar öz eʼtiborlarini asosan içki muammolarga qaratişlariga qaramay, taşqi siyosat ham munozaralardan çetda qolmaydi. 2020 yilda ham biz Venesuela yoki Eronga nisbatan yanada tajovuzkor pozitsiyani, migratsiya kun tartibidagi qattiqlikni (ayniqsa Meksikaga nisbatan), Isroil ekspantsionizmini qöllab-quvvatlaş belgilarini va Xitoy bilan tijorat mojarosini hal qilinişini kutişimiz mumkin.
Bundan taşqari, AQŞdagi saylovlar xalqaro maydonda muhokama qilinadigan yana ikkita mavzuni keltirib çiqaradi: Trampning ikkinçi prezidentlik davridan nimalarni kutiş va Demokrat nomzod kim bölişiga qarab, taşqi siyosatda qanday özgarişlar bölişi mumkinligini.
YEVROPA
BREXIT juda yaqin, Makron hujumga ötdi va Germaniya 2020 yilning ikkinçi yarmida rotatsion vakillik lavozimini egallaydi. Bu yangi Yevropa Komissiyasining köproq geosiyosiy öyin qilişga bergan vaʼdasining ustidan çiqiş uçun zamin yaratadi.
2020 yil Yevropa Ittifoqining yangi köp yillik byudjeti böyiça muzokaralar uçun hal qiluvçi yil böladi. AQŞ bilan munosabatlar öta salbiy nuqtada, Rossiya va Turkiya bilan qarama-qarşilik elementlari köp jihatdan qaramlik yoki hatto böysuniş munosabatlari bilan ösib bormoqda, çunki bunda tabiiy gaz va noqonuniy migratsiya faktorlari mavjud. Bunday şaroitda Bryussel doimgiday özini kuçli his qiladigan iqlim özgarişi va savdo-sotiq kabi masalalarga köproq eʼtibor qaratişi kerak.
AFRIKA
Hozirda Afrika markaziy ahamiyatga ega böldi. Heç kim Afrikani unutilgan qitʼa deb öylay olmaydi. Rivojlaniş va iqtisodiy ösiş haqida gaplaşadigan bölsak, 2019 yilda rasman kuçga kirgan Afrika kontinental erkin savdo şartnomasi mexanizmi 2020 yil 1 iyuldan işlay boşlaydi.
Uşbu erkin savdo zonasini yaratiş, buni allaqaçon kelişib olgan barça davlatlar tomonidan ratifikatsiya qilingaç, natijada mavjud hisob-kitoblarga köra, Afrika içidagi savdo hajmi 50 foizga oşişi mumkin. Bundan taşqari, Afrika qitʼasi iqtisodiyoti eng tez rivojlanayotgan mamlakatlarga ega.
Masalan, Efiopiyada iqtisodiy ösiş 9% dan oşişi taxmin qilinmoqda.
Şuningdek, Ruanda, Senegal, Gana, Tanzaniya yoki Kot-dIvuar ham bor, ularning hammasi 6% dan oşiq iqtisodiy körsatkiçlarga ega. Uşbu raqamlarga qaramay, Afrikaning zaif tomoni şundaki, iqtisodiy ösiş, ösib borayotgan tengsizlik, atrof-muhit va şahar muammolarining oşişi bilan birga keladi.
Bundan taşqari, qitʼaning asosiy iqtisodiy va demografik kuçi, Nigeriya, 2014 yildan beri yillik 3 foizlik tösiqni yengib ötolmayapti va unda qisqa muddatda yaxşilaniş istiqbollari yöq. Ikkinçi iqtisodiyot, Janubiy Afrika, anemik rivojlaniş darajasiga ega.
BMT 75 YOŞDA: NAFAQAGA YOKI YANGILANIŞGA?
2020 yilda Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Nizomi kuçga kirganining 75 yilligi nişonlanadi. 2019 yil iyun oyida BMT Boş Assambleyasi 73/299 son rezolyutsiyani qabul qildi, unda 75 yillik yubileyni nişonlaş va 2020 yil 21 sentyabrda davlat va hukumat rahbarlari iştirokida yuqori darajadagi uçraşuvni ötkaziş töğrisida qaror qabul qilindi. Uşbu tantanani ötkaziş uçun aniq şior tanlandi: “Biz xohlagan kelajak, bizga kerak böladigan Birlaşgan Millatlar Taşkiloti”.
Ammo Birlaşgan Millatlar Taşkilotiga eʼtibor qaratadigan bölsak, biz BMTni global boşqaruv mexanizmi va iş dasturlarini kollektiv işlab çiqaruvçi sifatida körişimiz kerak.
Xavfsizlik kengaşi yangi islohotlarga muhtoj. Uni yangilaş zarurligi töğrisida konsensus mavjud, ammo buni qanday amalga oşiriş haqida esa gap yöq. Çunki islohotlar kalitiga ega bölgan mamlakatlar, agar özgarişlar yuz beradigan bölsa, eng köp yöqotişlarga uçraydiganlardir. Hozir, kimdir doimiy aʼzolarni işontira oladigan sehrli formulani topişini kutiş kerak bölgan vaziyat havoda osilib qolgan.
2019 yil boşida Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Boş kotibi Antonio Guterriş taşkilot aʼzolariga xat yuborib, davlatlar faqat tinçlikni saqlaş sohasini özi böyiça 2 milliard dollar qarzdorligi haqida ogohlantirgandi.
Uşbu qarzning uçdan bir qismi AQŞga tegişli edi. Yil davomida vaziyat yanada yomonlaşdi: 64 ta davlat hanuzgaça öz kvotalarini bajara olmadi, bu esa taşkilotni oxirgi ön yillikdagi eng yomon likvidlik inqiroziga duçor qilişi mumkin.
Bundan taşqari, uşbu resurs inqirozi insoniyatni ikki baravar taşvişga solişi kerak, çunki Birlaşgan Millatlar Taşkiloti va uning ixtisoslaşgan muassasalari duç keladigan favqulodda vaziyatlar yanada keskinlaşmoqda va köpaymoqda.
BMT maʼlumotlariga köra, 2020 yilda dunyo böylab 168 milliondan ortiq odam gumanitar yordamga muhtoj böladi, bu sönggi ön yilliklardagi eng yuqori körsatkiç bölib, kelgusi yillarda prognoz sezilarli darajada oşadi.
Birlaşgan Millatlar Taşkilotining hisob-kitoblariga köra, 60 dan ortiq mamlakatlarda 59 milliondan ortiq bolalarga yordam berilişi kerak. Dunyo mamlakatlarining buni moliyalaştirişga bölgan ehtiyojni “Barqaror Rivojlaniş Maqsadlari” (SDGs) belgilagan 2030 yildan, ön yil oldin uç baravarga oşirişi kerakligi esa BMT loyihalarining kelajagini soya ostida qoldirişi mumkin. Umuman olganda, 2020 yil nafaqat BMTning kelajagi, balki Jahon Savdo Taşkiloti (JST) kabi boşqa köp tomonlama mexanizmlar muhokama qilinadigan yil böladi.
Nurbek ALIMOV,
Xalqaro munosabatlar böyiça eksperti
Manba: uza.uz









