Ilon Mask asos solgan Tesla kompaniyasining bozor qiymati Nyu-York fond birjasidagi auktsionda 1 trillion dollardan oşdi. Bu haqda tender maʼlumotlariga tayanib, TASS naşri xabar berdi.
Qayd etilişiça, bugun, 25 oktyabr kuni Tesla aktsiyalari 100 ming elektromobilga buyurtma bergan “Hertz Global Holdings Inc” bilan tuzilgan şartnoma fonida kötarilib ketgan. Aktsiyalar qiymatining ösişi 9 foizdan oşdi, bu Tesla’ning 1 trillion dollarlik çegaradan ötişini taʼminladi.
Maskning kompaniyasi hali ham bozor yetakçilaridan ança orqada: Apple’ning bozor qiymati, masalan, 2,46 trillion dollarga, Microsoft’niki esa 2,3 trillion dollarga teng. Şunga qaramay, Tesla 1 trillion dollarlik çegarani buziş böyiça rekord örnatdi. Buning uçun unga 18 yildan kamroq vaqt kerak böldi (unga 2003 yil 1 iyulda asos solingan).









