Qirğiziston hukumati mamlakatga AQŞ harbiy bazasini joylaştiriş imkoniyatini körib çiqmayapti. Bu haqda respublika Prezidenti Sadir Japarov mamlakat poytaxti Bişkek şahridagi matbuot anjumanida maʼlum qildi.
Qirğizistonda AQŞ harbiy bazasini oçiş haqidagi savolga Japarov quyidagiça javob berdi:
“Qantda (Çuy viloyati) Rossiya bazasi bor. Bizga bitta baza kifoya. Ikkita bazani yurtimizga joylaştirib, nufuzli davlatlar bilan muşuk-siçqon öynaşni xohlamaymiz”.
Japarov, şuningdek, Amerikaning respublikadagi harbiy obʼekti 2014 yilda öz faoliyatini töxtatganini eslab ötgan.
Maʼlumot uçun, AQŞ bazasi Bişkekdagi Manas aeroportida 2001 yilda oçilgan. U Afğonistondagi “Qulamas Ozodlik” operatsiyasini qöllab-quvvatlaş uçun möljallangan edi. Bu inşootga aksilterror koalitsiyasida iştirok etayotgan mamlakatlarning harbiy xizmatçilari va texnikalari joylaştirilgan, guruhning tayançi Amerika kuçlari va aktivlaridan iborat edi. Oradan sakkiz yil ötgaç, aviabaza Tranzit markazi deb özgartirildi va 2014 yilning yozida qirğiz tomonining talabiga binoan yopildi.
Eslatib ötamiz, Özbekiston tomoni ham AQŞ harbiy bazalarining mamlakat hududiga joylaştiriş masalasida qatʼiy rad javobini bergan. Xususun, mamlakat Taşqi işlari vaziri Abdulaziz Komilov sönggi vaqtlarda muhokama markazida turgan uşbu mavzuga bir neça bora töxtalib, hatto muhokama mavzusi emasligini taʼkidlagan.
Qayd etiş kerakki, rasmiy Toşkent xuddi Bişkek kabi Amerikada 2001 yilda amalga oşirilgan terrorçilik harakatlaridan söng, Vaşington bilan harbiy sohada hamkorlik qilişga rozi bölgan. 2001 – 2005 yillarda AQŞ harbiylari Qaşqadaryodagi Xonobod harbiy aerodromidan foydalangan. Bu baza gumanitar yordam körsatiş maqsadida qöllangan.









