Bugun 21 oktyabr Özbekiston musulmonlari idorasida Toşkent şahar imom-xatiblari va imom noiblari örtasida yiğiliş bölib ötdi.
Yiğilişda Toşkent şahri boş imom-xatibi vazifasiga tayinlangan Şayx Sayyid Rahmatulloh Termiziy Yunusobod tumanidagi “Minor” jome masjidi imom-xatibi vazifasi ham yuklatildi.
Şu kunga qadar “Minor” jome masjidi imom-xatibi vazifasida işlab kelayotgan Foziljon domla Ubaydullayev Yunusobod tumani Bodomzor dahasidagi “Mirza Yusuf” jome masjidi imom-xatibi vazifasiga ötkazildi.
Avvalroq, Toşkent boş-imom xatibi Nuriddin Xoliqnazarov Özbekiston muftiysi etib saylangani haqida xabar bergan edik. Öz navbatida, Şayx Sayyid Rahmatulloh Termiziy Toşkent şahri boş imom-xatibi vazifasiga tayinlandi.









