Bugun xalq deputatlari Uçqörğon tumani Kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi bölib ötdi. Unda taşkiliy masala körildi.
Sessiyada Namangan viloyati hokimi Şavkatjon Abdurazzoqov kun tartibidagi masala yuzasidan maʼruza qildi.
Şundan söng deputatlar Namangan viloyati hokimining Uçqörğon tumani hokimi Jahongir Rizzayevni Uçqörğon tumani hokimi lavozimidan ozod etiş hamda Haydarov Muhammad Abduhakimoviçni Uçqörğon tumani hokimi lavozimiga tayinlaş töğrisidagi qarorlarini bir ovozdan maʼqulladilar.
Muhammad Haydarov hozirga qadar Namangan tumanidagi «Olaxamak» MFYda hokim yordamçisi sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.









