Surxondaryoda öğirlikda gumon qilingan ikki fuqaro jinoyatni böyniga olişi uçun IIB xodimlari tomonidan qiynoqqa solinganini aytmoqda. Ulardan biriga nisbatan elektr toki qöllangan bölişi mumkin.
Joriy yilning 6 avgust keçasi Şörçi tumani “Toza hudud” DUK balansida bölgan beşta çiqindi taşiş maşinasining ehtiyot qismlari yeçib ketilgan.
Korxonada çiqindi yuklovçi vazifasida işlaydigan Siroj Şerniyozovning Kun.uz'ga aytişiça, dastlabki gumon korxona işçilariga qaratilgan. Taşkilotning aksariyat xodimlari tuman içki işlar bölimiga olib borilib, söroq qilingan.


“2 avgust kuni vaktsina qabul qilgandim, ikki kun isitma qildim. Şifokorlar tavsiyasi bilan 5-6 avgust kunlari ham uydan çiqmaslikka harakat qildim. Işxonamizdagi öğirlik esa 6 avgust keçasi sodir bölganini aytişdi. Şunday bölsa-da, men ham bir-ikki marta tergovga çaqirildim. 8 sentyabr kuni “Bobur” mahallasi profilaktika inspektori qönğiroq qildi. Bu paytda iş joyimda edim. Şu vaqt işxonamga kelib, gap-sözsiz meni içki işlar idorasiga olib bordi.
Idoraning 1-qavat 8-xonasiga olib kirib, savob-javobni boşladi. Faxriddin ismli tergovçi meni nazarda tutib: “Öğrini uşlab keldingmi?” dedi. Keyin Ziyodulla degani kirib, haqorat qila boşladi. Böyningga olasan, deyişdi. Men öğirlik qilmaganimni aytdim.
Şundan keyin Elmurod, Faxriddin, Şuhrat, Ziyodulla ismli xodimlar bilan yolğiz qoldim, xonani qulflaşdi. Ziyodulla degani: “Senga hozir dözaxni körsataman” dedi. Şu yerda qora paketni olib boşimga kiygizib, böğdi, nafasim qaytdi. Ulardan töğri muomala qilişlarini söradim. Xonalarida kamera yöqligini aytdim.
Şundan keyin Ziyodulla: “Senga kafan yasayman” dedi. Qörqdim. Matoni kesib, bittasini bilagimga öraşdi, qolgani bilan közim va oyoğimni boğlaşdi. “Hozir şunday qilamiz, böyningga olasan, şu işni qilganman” deb aytasan, deyişdi. Öşa holatda polga ötqazişib, quloğimga ikkita kabelni ulaşdi. Şeriklari yelka va oyoqlarimdan bosib turdi, Ziyodulla aka qandaydir knopkali apparat orqali tokni köpaytirib-kamaytirib turdi. Quloğimga ulangan tokning oğriğidan tilimni çaynab taşladim. Undayam bölmay, qöl barmoqlarimga ulaşdi. Aytganlariday, dözaxni körsatdiyam.
“Bu osonlikça böyniga olmaydi, jinsiy aʼzosiga ula, şunda böyniga oladi” deyişdi. Şundan keyin “böldi, men qildim” deyişga majbur böldim”, – deydi Siroj Şerniyozov.
Şerniyozovga köra, undan majburan “Toza hudud” DUK xodimi Obidjon Bekmirzayev hamda korxonaning sobiq işçisi Husan Şaripovni şeriklari sifatida körsatma yozdirib olişgan.
9 sentyabr kuni Sirojni uyiga qöyib yuborişgan. 10 sentyabr kuni onasi bilan Surxondaryo viloyati prokuraturasiga borib, IIB xodimlari özini qiynagani, majburan öğirlikni böyniga qöymoqçi bölişayotganini maʼlum qilgan. Viloyat prokuraturasi işni Şörçi tuman prokuraturasiga yönaltirgan, tuman prokuraturasi xodimlari voqea joyiga borişgan. Ekspertiza xulosalari olingan bölsa-da, hozirça unga bu haqda jöyali javob berilmayapti.

Biz Siroj Şerniyozov şerigim deb yozib bergan yana bir şaxs, “Toza hudud” DUK qorovuli Obidjon Bekmirzayev bilan ham suhbatlaşdik.
Bekmirzayev aslida mazkur taşkilotda yuridik bölim mutaxassisi vazifasida faoliyat körsatar, unga qorovullik qöşimça iş sifatida, rahbariyat bilan içki kelişuvga köra yuklatilgan ekan. Obidjon öşa kunlari hamkasbi betob bölgani sababli uning örniga ham qorovullik qilgani, 5 kun davomida bu hol takrorlanganini aytmoqda. Öğirlik sodir bölgan keçada çarçoqdan uxlab qolganini maʼlum qildi.
Obidjon Bekmirzayev taxminan 25 avgust kuni qariyb 10 nafar “Toza hudud” DUK xodimlari IIBga olib borilgani va söroq berganini aytdi. Öşa kuni uning bir özini mahkamada olib qolişib, jismoniy azob berişganini bildirdi. Şundan söng u advokat yollagan.
“25 avgust kuni ertalabdan IIBga olib borib ötirdik. Şu kuni keçqurun soat 21lar atrofida bir özimni içkariga olib kirib ketdi. Içki organlarimga urdi, buyraklarimga rosa tepdi. Hozirgaça buyragimga dori-darmon olaman.
Öşa keçasi meni olib qolib, ertasi kuni tungi soat 24lar atrofida qöyib yubordi. Har xil qiynoqlar qilişgan bölsa-da, men böynimga olmadim. Qilmagan narsamni qanday böynimga olaman?” – dedi u.
Obidjon Bekmirzayevdan nega bu haqda tegişli idoralarga maʼlum qilmadingiz, deb söraganimizda, u odamlarga işonçi qolmagani, qörquvda ekanini taʼkidladi.


Biz “Toza hudud” DUKda ham böldik. Korxona rahbari mehnat taʼtilida bölgani sababli taşkilot xodimlari biz bilan suhbatlaşişdan özlarini olib qoçişdi. Xususan, ikki xodim haqida umumiy bölsa ham maʼlumot olişning imkoni bölmadi. Aytaylik, şu vaqtga qadar taşkilotda bu kabi holatlar kuzatilganmi, Siroj Şerniyozov hamda Obidjon Bekmirzayevning xatti-harakatlari, özaro aloqalari, voqea haqida IIBga qaçon xabar berilgani, organ xodimlarining taşkilot hududidagi izlar, yon-atrofdagi kameralarni közdan keçiriş jarayoni bilan boğliq savollarimiz oçiq qoldi.

Vaziyat böyiça Şörçi tuman içki işlar bölimi hamda tuman prokuraturasida ham böldik. Ikki taşkilotning ham masʼul xodimlari bu holat böyiça bevosita tumanda izoh oliş “tizim qoidalariga töğri kelmasligi”, viloyat taşkilotidan javob oliş mumkinligini maʼlum qilişdi.


Nega tergov jarayoni videotasvirga olinmagan?
Surxondaryo viloyati içki işlar boşqarmasi axborot xizmati Kun.uz söroviga munosabat bildirdi.
Unda aytilişiça, Obid Bekmirzayevni söroq qiliş jarayoni videokamera yordamida yozib olingan. U IIBda qiynoqqa solingani masalasida tuman prokuraturasiga murojaat qilmagan. Mazkur öğirlik jinoyatini foş qiliş böyiça qidiruv işlari hali davom etyapti.
IIBga köra, Siroj Şerniyozov “Toza hudud” korxonasi maʼmuriyati bilan örtalarida nizo bölgani uçun, Obidjon Bekmirzayev esa öğirlik sodir etilgan kunda filialda qorovul vazifasini bajargani uçun guvoh tariqasida tergovga jalb qilingan.
Siroj Şerniyozovning tuman IIB binosida qiynoqqa solingani haqidagi murojaati tasdiqlanmagani sababli tuman prokuraturasi 6 oktyabr kuni JPKning 83-moddasi 2-bandiga asosan jinoyat işi qözğatişni rad etgan.
Mazkur maqola yoziliş asnosida Surxondaryo viloyat prokuraturasi axborot xizmati ham aynan şu mazmundagi bayonotni bizga taqdim qildi.
Undan anglaşiladiki, Obidjon Bekmirzayev videokamera qöllangan holda tergov qilingan. Ammo u ham Kun.uz'ga özini qiynoqqa solinganini aytmoqda.


Organlarning bayonotlarida Siroj Şerniyozovni tergov qiliş jarayonida videokamera qöllangan-qöllanmagani haqida lom-mim deyilmagan. Demak, tergovda videokamera qöllanmagan va bu gumondor xolis tergov qilinganiga şubha tuğdiradi.
Şerniyozov: “Organ xodimlari menga dözaxni körsatişdi” deb turgan bir paytda, Şörçi tuman prokuraturasi jinoyat işi qözğatişni qaysi asoslarga köra rad etgan?
Prokuratura videokamera qöllanmagan holda tergov olib borilgan bu işda nimalarga tayanib bunday xulosaga kelgan? Içki işlar bölimi gumondorni qiynoqqa solmaganini tasdiqlovçi dalillar qani?
Uşbu masalaga Boş prokuratura va Içki işlar vazirligidan izoh kutib qolamiz.
Isomiddin Pölatov,
Kun.uz muxbiri.









