Sobiq Milliy xavfsizlik xizmatining Toşkent şahar, Yunusobod tumani, Sayilgoh köçasida joylaşgan boş qarorgohi auktsion savdolariga qöyildi. Bu haqda Davlat aktivlarini boşqariş agentligi xabar qilmoqda.
Agentlik saytida joylangan eʼlonda bino hududi, uning virtual 360° darajali suratlari bilan tanişiş uçun havola ham qöyilgan.
Taʼkidlanişiça, davlat aktivini sotiş ikki bosqiçda ötkaziladi.
- Birinçi bosqiçda – talabgorlar oldindan malakalanadi (saralanadi), jumladan, savdolarda qatnaşiş uçun talab qilingan hujjatlarning töliqligi, zakalat puli kelib tuşganligi, davlat aktividan kelgusida foydalaniş yönalişlariga qöyilgan talabga nisbatan talabgor tomonidan taklif etilgan biznes kontseptsiyasi loyihasining maqbul yoki maqbul emasligi körib çiqiladi;
- ikkinçi bosqiçda – talabgorning tijorat takliflari (sotib oliş narxi va tölovni amalga oşiriş muddati) hamda tölov qobiliyati baholanadi.
Savdoning birinçi bosqiçida iştirok etiş uçun talabgorlar 2021 yil 10 may soat 18:00 ga qadar (Toşkent vaqti bilan) özbek yoki rus yoxud ingliz tillarida (talabgorning ixtiyoriga köra) eʼlonning 1-ilovasi (jismoniy şaxslar 1 a-ilovasi)dagi ariza namunasini töldirib (imzolangan holda) yopiq konvertda Davaktiv agentligiga yoki skaner qilingan şakli (kodlangan holda) Davaktiv agentligining elektron manziliga taqdim etişi talab etiladi.
Savdoning ikkinçi bosqiçiga ötgan talabgorlar töğrisida Davaktiv agentligi tomonidan özining rasmiy veb saytida eʼlon çop etilgan kundan boşlab 5 iş kuni içida savdoning ikkinçi bosqiçida qatnaşiş uçun mazkur eʼlonning 2-ilovasi (jismoniy şaxslar 2 a-ilovasi)dagi ariza namunasi töldirilib (tasdiqlangan holda) takliflar taqdim etiladi.
Eʼlonda taʼkidlanişiça, uşbu davlat aktividan kelgusida ofis, savdo, savdo-köngiloçar, madaniy-xordiq, sport, turistik va boşqa xizmatlar körsatiş faoliyati yönalişlaridan biri yoki bir neçtasini amalga oşirilişi talab etiladi.
Bundan taşqari, davlat aktivini sotib oliş böyiça birinçi bosqiçda bitta taklif kelib tuşgan holatda esa, savdolar ötkazilmagan deb eʼtirof etiladi;
- talabgor davlat aktivini sotib oliş tölovini bir oydan köp muddatlarda (köpi bilan 36 oy) amalga oşirişni taklif etganda, uning narx taklifi uşbu muddatlarni inobatga olgan holda, belgilangan tartibda joriy qiymatga keltirib baholanadi;
- savdo yakunlari böyiça savdo ğolibi bilan Davaktiv agentligi tomonidan xabarnoma yuborilgan sanadan boşlab 20 kun içida oldi-sotdi şartnomasi rasmiylaştiriladi (fors-major holatlari bundan mustasno) va savdolarga qatnaşiş uçun tölangan zakalat puli davlat aktivi xarid tölovining bir qismi sifatida qabul qilinadi;
- savdolar yakunlari böyiça ğolib tomonidan tölanadigan xarid qiymatiga çegirma qöllanilmaydi;
- savdolar yakunlari böyiça savdo ğolibi tomonidan oldi-sotdi şartnomasini tuziş rad etilsa yoki undan voz keçilsa, u tomonidan tölangan zakalat puli miqdori qaytarilmaydi;
Davlat tender komissiyasi yoki Işçi organ öz xohişiga köra heç qanday majburiyatni öz zimmasiga olmagan holda, har qanday vaqtda savdoni töxtatişi hamda savdo jarayonida talabgorlardan qöşimça va/yoki aniqlaştiruvçi maʼlumotlar söraşi mumkin.









