Gaz portlaşidan bir kişi jabrlandi

Gaz portlaşidan bir kişi jabrlandi

Bugun, 8 oktyabr kuni soat 04:50 da Samarqand viloyati Kattaqörğon şahar «Köxnadam» MFYda joylaşgan uylarning birida havo-gaz aralaşmasining çaqnaşi sodir bölganligi töğrisida Kattaqörğon şahar FV bölimiga xabar kelib tuşgan.

Şunga köra, 2ta yonğin-qutqaruv guruhi soat 04:55 da hodisa joyiga yetib borgan.

Havo-gaz aralaşmasining çaqnaşidan uşbu xonadonga mehmon bölib kelgan 1982 yilda tuğilgan A.A. (erkak kişi) kuyiş tan jarohati olib, Kattaqörğon şahar tibbiyot birlaşmasiga yuborilgan.

Şifokorlar tomonidan A.A.ga yuzi, böyni kökrak oldi, ikkala qöl sohasi termik kuyiş taşxisi qöyilgan va umumiy kuyiş sathi 50 foiz tan jarohati olganligi maʼlum qilingan.

Voqea kelib çiqişining taxminiy sababi, xonadonga yaqin yer ostidan ötgan tabiiy gaz quvuridan sizib çiqqan gazning uyiga töplanişi natijasida çaqnaş yuzaga kelgan.

Hodisa joyiga FVB, IIB, SSB va boşqa tegişli idoralarning kuç hamda vositalari jalb qilinib, vaziyat oqibatlarini bartaraf etiş böyiça işlar olib borilmoqda.

×