Jizzaxda ham bolalarni yupun kiyimda olib çiqişdi ammo...

Jizzaxda ham bolalarni yupun kiyimda olib çiqişdi ammo...

Bugun tongda ijtimoiy tarmoqlarda Andijon şahridagi 43-umumtaʼlim maktabi öquvçilari “Yangi Özbekiston - Yangiça dunyoqaraş” tarğibot tadbiri iştirokçilarini kutib oliş uçun yupun kiyimda hovliga bayroq kötarişga olib çiqilgani aks etgan surat tarqalgandi. Mazkur holat böyiça mutasaddilarga çora körildi. Bu haqda Baxmal tumani hokimligi xabar berdi. 

“Keça ijtimoiy tarmoqlarda keskin noroziliklarga sabab bölgan holat yuzasidan Baxmal tumani hokimligi quyidagilarni maʼlum qiladi.

Joriy yilning 20 noyabr kuni Baxmal tumanida Axborot-kutubxona markazi oçiliş marosimi bölib ötdi. Tuman Axborot kutubxona markazi tomonidan taşkil etilgan oçiliş marosimiga tuman hokimi iştirokçi sifatida taklif etilgan.

Kutubxona oçilişidan xabardor bölgan kitobxonlar kutubxona fondi bilan tanişiş uçun taşrif buyurgan.

Tuman hokimi tadbirga taşrif buyurganda taşkilotçilarning yoş bolalarni sovuq kunda yupan kiyinganligini tadbirga taşrif buyurganidan keyin govohi bölgan. Havoni sovuqli bois oçiliş marosimi taşqarida taxminan 5-6 daqiqa davom etgan.

Tadbir yakunlangaç tuman hokimi tadbir taşkilotçilariga kiçik yiğiliş ötkazadi. Mazkur yiğilişda tuman hokimi tadbirni taşkiliy qismi nega aynan binoning içida ötkazilmaganli yuzasidan keskin munosabat bildirgan.

Kuni keça ijtimoiy tarmoqlarda çiqarilgan eʼtirozlar yuzasidan rasmdagi öquvçilar va ularning ota-onalari bilan suhbat jarayonida mazkur holatda farzandlarining uzoq vaqt taşqarida qolib ketmaganligi sababli eʼtirozlari yöq ekanligini bildirilgan.

Tadbir taşkilotçilariga qonuniy tartibda öz xizmat vazifasini bajaryotgan vaqtga yöl qöygan kamçiliklari yuzasidan ogohlantiriş berildi”, deyiladi tuman hokimligi rasmiy bayonotida.

Eslatib ötamiz, şunga öxşaş holat kuni keça Andijon viloyatida ham kuzatilgan edi. Kattakonlarning kelişi uçun bolalarning yupun kiyimlarda taşqariga çiqarib qöygan maktab direktori va örinbosari işdan olindi. 

×