Namanganda bir kunning özida 2 ta YTH va ikkita qurbon

Namanganda bir kunning özida 2 ta YTH va ikkita qurbon

3 avgust kuni soat 17:50 larda Namangan viloyati Töraqörğon tumani Yangihayot MFY içki yölida “Tracker” rusumli avtomaşinani boşqarib borayotgan haydovçi harakat xavfsizligini taʼminlay olmay, yölni kesib ötayotgan olti yoşli piyodani urib yuborgan. Bu haqda Namangan viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.

Natijada jabrlanuvçi oğir tan jarohati olib, şifoxonada vafot etgan.

Xuddi şu kuni soat 21.30larda Pop tumani Tepaqörğon mahallasi hududida M-412 rusumli avtomaşinani boşqarib ketayotgan haydovçi harakat xavfsizligini taʼminlay olmay qarama-qarşi yönalişda harakatlanib kelayotgan “Nexia” rusumli avtomaşinasi bilan töqnaşgan.

Natijada “Nexia” haydovçisi oğir tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan.

×