Ijtimoiy tarmoqlarda 8 oylik homilador kelin böğizlab öldirilgani aytilgan videolavha tarqaldi. Uşbu voqea joriy yilning yoz oylarida röy bergan va holat böyiça jinoiy iş qözğatilgan. Voqeaga Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi Matbuot kotibi Hayot Şamsutdinov aniqlik kiritdi.
Mamlakat Boş huquqboni sözamoliga köra, uşbu mudhiş jinoyat joriy yilning iyun oyida Farğona viloyatining Yozyovon tumanida sodir bölgan. Fuqaro U.N. tumanda joylaşgan xonadonlardan biriga ğayriqonuniy ravişda kirib, mol-mulklarni qölga kiritmoqçi bölgan. Bu vaqtda uyda bölgan homilador M.Q uni körib qolgan. Şu sabab öğrilikka kirgan şaxs homilador ayolni piçoq bilan bir marotaba urib, tan jarohati yetkazgan. Oqibatda ayol şifoxonada vafot etgan.
Xabarga köra, mazkur holat yuzasidan joriy yilning 23 iyun kuni Yozyovon tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam öldiriş) va 164-moddasi (bosqinçilik) bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Jinoyat işi böyiça 1 nafar şaxsga ayblov eʼlon qilinib, unga nisbatan “qamoqqa oliş” tarzidagi ehtiyot çorasi qöllanilgan. Jinoyat işi mazmunan körib çiqilişi uçun joriy yilning 16 sentyabr kuni Farğona viloyat sudiga yuborilgan.









