Suriyada rus general-mayori öldirildi

Suriyada rus general-mayori öldirildi

Suriyada avtokolonnaga uyuştirilgan hujum oqibatida general-mayor unvonidagi Rossiya katta harbiy maslahatçisi halok böldi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.

Qayd etilişiça, portlaş oqibatida yana ikki nafar rossiyalik harbiy jarohatlangan. Harbiy avtokolonna Dayr-az-Zor hududi yaqinida gumanitar aktsiyadan qaytayotgan vaqtda qölbola portlovçi moslama işga tuşirilgan. 

Yuqori lavozimli zobit darhol evakuatsiya qilingan, biroq şifokorlar uning hayotini saqlab qola olişmagan.

×