Taniqli jinoyatçi sud zalida otib öldirildi

Taniqli jinoyatçi sud zalida otib öldirildi

Taniqli jinoyatçi Jitender Gogi Dehlidagi sud zalida otib öldirildi. Dehli politsiyasi komissari Rakeş Astananing maʼlum qilişiça, qotillar sud binosiga advokatlar qiyofasida kirib olişgan.

Jitender Gogi, qator jinoyatlarga daxldorlikda gumon qilinib, ötgan yili «Tixar» qamoqxonasiga keltirilgandi. «Tillu tödasi» nomi bilan tanilgan jinoiy guruh Gogini öldirişga qasd qilgani maʼlum bölgaç, politsiya uning xavfsizligini taʼminlaş uçun kasalxonada ölgan, deya xabar tarqatgandi. Biroq hiyla iş bermadi, juma kuni sud zaliga keltirilgan Gogi guvohlar va sudyaning köz öngida otib taşlandi.

«Raqobatçi guruhning ikki aʼzosi sud binosi içida Jitender Gogiga öq uzişdi... Politsiya tezkor harakatlanib ikki qotilni öldirdi. Gogini qöşganda jami uç kişi halok böldi», — dedi Astana NDTV telekanaliga bergan intervyusida.

«Sud binosidagi metall qidirgiç işlaganmi-yöqmi, buni hali aniqlaymiz, hozirça bunga izoh berolmayman. Suriştiruvni boşladik, öq uzişga daxldor heç kimni ayab ötirmaymiz», — dedi u.

×