Namanganlik ayol tunda bosqinçilarga duç keldi

Namanganlik ayol tunda bosqinçilarga duç keldi

Joriy yilning 29 sentyabr kuni Mingbuloq tumanida yaşovçi, 1991 yilda tuğilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, şu yil 27 sentyabr kuni soat 03:00 larda Çortoq tumanida yöl çetida ötirgan vaqtida, oldiga “Nexia” rusumli avtomaşinasi kelib töxtab, avtomaşinada bölgan uç nafar notaniş şaxslardan biri tuşib, qölida bölgan 200.000 söm puli bölgan sumkasini qölidan tortib olib ketganligini maʼlum qilib, çora körişni söragan.

Çortoq tuman IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va suriştiruv harakatlari natijasida uşbu jinoyatni Uçqörğon tumanida yaşovçi, 1986 yilda tuğilgan A.X.ning boşqaruvidagi “Nexia-2” rusumli avtomaşinasida birga kelayotgan şerigi, Uçqörğon tumanida yaşovçi, 1981 yilda tuğilgan X.I.lar sodir etganligi aniqlangan.

Uşbu holat böyiça Çortoq tuman IIB huzuridagi Tergov bölinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 166-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan.

×