Yerga 21 may kuni tunda asteroid yaqinlaşadi

Yerga 21 may kuni tunda asteroid yaqinlaşadi

Olimlar yaqinda kaşf qilingan 2025 KF nomli asteroid 21 may kuni tunda Yerga yaqinlaşişini maʼlum qildi. Bu haqda Space xabar berdi.

19 may kuni astronomlar 2025 KF nomli yangi asteroidni aniqlagan. Uning ölçami 10-25 metrga baholanmoqda. Taqqoslaş uçun, 9 qavatli binoning balandligi taxminan 25 metrni taşkil qiladi.

Olimlarning hisob-kitoblariga köra, yangi asteroid 41 ming km/soatdan ortiq tezlikda uçadi. U 21 may kuni Toşkent vaqti bilan soat 22:30 da Yerdan taxminan 115 ming kilometr masofada uçib ötadi. Bu Oy va Yer örtasidagi masofaning taxminan uçdan bir qismiga teng. Ammo kosmik ölçovlar böyiça bu yaqin hisoblanadi.

2025 KF asteroidi Yerga tuşmasligi sababli potentsial xavfli hisoblanmaydi. U Oyga ham urilmasligi va Yerning tabiiy yöldoşidan 226 000 kilometrdan ortiq masofada ötib ketişi kutilmoqda.

Mazkur asteroid Yerga tuşgan taqdirda ham, kiçik ölçamdaligi sababli atmosferada yonib ketgan bölardi. Natijada, odamlar va infratuzilmaga heç qanday zarar yetmasdi. 

1998 yildan boşlab NASA potentsial xavfli Yer atrofidagi asteroidlarni kuzata boşladi va öşandan beri taxminan 40 000 ta kosmik toşlar topildi. Har yili Yerga yaqin masofadan bir neça metr, baʼzan undan ham kattaroq bölgan önlab asteroidlar uçib ötadi.

Yer uçun haqiqatan ham xavfli, yaʼni odamlarga zarar yetkazişi mumkin bölgan 4700 ta asteroidlar bor. Biroq ularning Yer bilan töqnaşiş ehtimoli juda past.

Ammo asteroidlar Yerning tortişiş kuçi taʼsirida, şuningdek, koinotdagi boşqa toşlar bilan töqnaşuv natijasida öz trayektoriyasini özgartirişi mumkin. Şu sababli, olimlar doimiy ravişda Yerga yaqin asteroidlarni kuzatişda davom etmoqda. 

Şuni taʼkidlaş lozimki, 2025 KF asteroidining Yerga yaqinlaşişi, hozirga qadar maʼlum bölgan kosmik toşlarning eng yaqin uçiş rekordini yangilay olmaydi. 2020 yilda 2020 QG asteroidi Yerdan atigi 2950 kilometr masofada uçib ötgan edi. Bunday masofada Yer atrofida ayrim sunʼiy yöldoşlar aylanib turadi.



Teglar:
×