Prezident Farğonada usta dehqon oilasida mehmon böldi

Prezident Farğonada usta dehqon oilasida mehmon böldi

Davlat rahbari Qöştepa tumanidagi Namuna mahallasida bölib, aholi hayoti bilan tanişdi.

Xalqning milliy dehqonçilik madaniyati, qadriyatlaridan biri – uzumçilik. Ayniqsa, Farğona vodiysida deyarli har bir köçada, xonadonda tok bor.

Namuna mahallasida ham şunday. Aksariyat oilalarning asosiy daromadi uzumçilikdan. Şuningdek, namunaliklar mebelsozlik, döppidözlik, çevarlik, çorvaçilik, asalariçilik va quyon boqiş bilan şuğullanadi. Mahallada uç mingdan ortiq aholi istiqomat qiladi.

Şavkat Mirziyoyev şu yerlik Jumaboy Ismoilov xonadonida mehmon böldi.

Oila boşliği usta dehqon. Turmuş örtoği Fotima aya tikuvçi. Ular katta farzandlarni uy-joyli qilgani, öz uyida işlab, qöşimça daromad topayotgani haqida sözladi. 15 sotix tomorqada 100 tup uzum va boşqa mevali daraxtlar ekilgan. Ötgan yili birgina uzumning özidan 21 million söm daromad olingan

Prezident kelgusida mahalla tizimiga yanada keng imkoniyatlar berilişi, bu joylardagi muammolarni manzilli hal etiş va aholini ijtimoiy himoya qilişda muhim omil bölişini taʼkidladi.

Davlat rahbari Farğona viloyatiga taşrifini yakunlab, Andijonga jönab ketdi.

×