«Murodboy» va uning şeriklari sud zalida qöllarini kesişdi

«Murodboy» va uning şeriklari sud zalida qöllarini kesişdi

Ijtimoiy tarmoqlarda sud zalidagi sudlanuvçilar kabinasida bir neçta kişining bilak tomirlari kesilgani, kabina oynasi va devorlariga qon bilan turli yozuvlar yozilgani aks etgan videolar tarqaldi.

Videolardagi uşbu şaxslar çinozlik Ahmadboyning yordamçisi, xalq orasida «Murodboy» nomi bilan tanilgan Mirzamurod Yunusaliyev va uning jinoiy şeriklari ekani aytiladi.

Holat yuzasidan Içki işlar vazirligi rasmiy munosabat bildirdi.

Qayd etilişiça, hodisa 2021 yil 25 may kuni Jinoyat işlari böyiça Yangiyöl şahar sudida sodir bölgan.

Joriy yilning 25 may kuni Özbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi «v» bandi va boşqa moddalarida körsatilgan jinoyatlarni sodir etgani uçun ozodlikdan mahrum etilgan va ayni vaqtda 1-son Tergov hibsxonasida saqlanayotgan mahbuslar:

  • M.Yunusaliyev (1984 y.t., 9 yil 2 oy muddatga ozodlikdan mahrum etilgan va 27.04.2019 yildan qamoqda),
  • Ğ.Murodjonov (1987 y.t. 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan va 27.04.2019 yildan qamoqda),
  • A.Qudratov (1980 y.t., 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan va 07.10.2019 yildan qamoqda),
  • E.Şaripov (1987 y.t., 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan va 07.10.2019 yildan qamoqda),
  • S.Yulçiyev (1989 y.t., 6 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum etilgan va 07.10.2019 yildan qamoqda) lar Jinoyat işlari böyiça Yangiyöl şahar sudining 2021 yil 25 may kunidagi sörovnomasiga asosan boşqa jinoyat işi böyiça JIB Yangiyöl şahar sudiga yuborilgan.

Sud jarayoni davomida soat 15:30 larda, M.Yunusaliyev, Ğ.Murodjonov va A.Qudratovlar sud tomonidan qöyilgan ayblovlardan noroziliklarini bildirib, qöllaridagi lezviya bölaklari bilan özlariga özlari tan jarohat yetkazgan, turli noörin talablarni qöyib, IIO xodimlarining qonuniy talablarini bajarmagan.

Maxbuslarga birinçi tibbiy yordam körsatilgan va ular şu kuni soat 20:00 larda 1-son Tergov hibsxonasiga olib borib topşirilgan, deyiladi IIV axborot xizmati xabarida.

×