Aka ögay ukalarini çopib taşladi. Ukalardan biri vafot etdi

Aka ögay ukalarini çopib taşladi. Ukalardan biri vafot etdi

Andijon tumanida yaşovçi fuqaro kelişmovçilik sabab ögay ukalarini çopib taşladi. Ulardan biri köp jarohat olişi oqibatida vafot etgan, deya xabar berdi «Daryo» muxbiri.

Aniqlanişiça, 2021 yilning 7 sentyabr kuni soat 17:00 da Andijon tumanining «Jahonobod» mahallasida yaşovçi fuqaro M.S. ögay ukalari — voyaga yetmagan R.S. va I.S.lar bilan özaro janjallaşib qolib, ularga çopqi bilan zarar yetkazgan.

Ögay aka janjal davomida daraxt şoxlarini çopiş uçun möljallangan çopqi bilan R.S.ning boş, böyin, yelka, qöl, oyoq va son qismlariga urib, hayoti uçun xavfli bölgan tan jarohatlari yetkazgan va uning ölimiga sabab bölgan. Şuningdek, aka yana bir ukasi I.S.ning ham boş, böyin, yelka, qöl qismlariga urib, oğir turdagi köplab tan jarohatlari yetkazgan.

Ayni kunda holat yuzasidan M.S.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi (qasddan odam öldiriş) bilan jinoyat işi qözğatilib, viloyat prokuraturasining öta oğir jinoyatlarni tergov qiliş bölimi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda. M.S.ga nisbatan qamoqqa oliş ehtiyot çorasi qöllangan.

×