Namangan viloyatida 35 kunlik çaqaloqni sotmoqçi bölganlarga nisbatan jinoyat işi qözğatildi.
Maʼlum bölişiça viloyatning Yangiqörğon tumanida istiqomat qiluvçi M.T. özining 35 kunlik çaqaloğini sotmoqçi bölgan. Unga uşbu işni amalga oşirişda Uçqörğon tumani tibbiyot birlaşmasining tuğruqxona bölimi mudirasi N.T. yordam bergan. Mudira «Qurama» MFYda yaşovçi M.M. va uning turmuş örtoğiga bir ayol 500 dollarga bolasini sotmoqçi ekanini aytib mijoz topib qöyadi.
Şu tariqa M.M. mudiraning oldiga 5,5 mln sömni kötarib keladi va N.T.ga 1,5 mln söm M.T.ga esa 2,2 mln söm va 500 000 sömlik kiyim keçak beradi.
Uşbu holat yuzasidan hozirda jinoyat işi qözğatilib tergov harakatlari olib borilmoqda.
manba: everyday.uz









