Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida «Avtotransport vositalarining oynalari tusini özgartirişga ruxsatnoma oliş» xizmati joriy etildi.
Endi siz avtotransport oynalari tusini özgartiş uçun ruxsatnomani onlayn oliş barobarida, yaxşigina (10 foiz!) çegirmaga ham ega bölasiz. Bu — «tonirovka»ning narxi orqa yon oynalar uçun 135 ming söm (yuridik şaxslar uçun 270 ming söm), old va orqa yon oynalar uçun esa 1 million 300 ming sömga arzonlaşdi degani!
Bölişi mumkin emas? Qanday qilib deysizmi?!
Agar bu sizni qiziqtirib qöygan bölsa, öz avtotransportingizda qulaylik bölişini va heç qanday jarimasiz «tonirovka»da yurişni istasangiz, barça savollaringizga my.gov.uz manzilidan javob topasiz!
Xizmatning yana bir afzallik jihati — uning tezkorligi. Yaʼni tölov amalga oşirilgaç, uzoği 2 soat içida Yagona portaldagi şaxsiy kabinetingizga elektron körinişdagi QR-kodli sertifikat, yaʼni ruxsatnomangiz kelib tuşadi. Va uni istalgan vaqtda yuklab olişingiz mumkin.
Haydovçilarga yana bir maʼqul tomoni, endi avtotransport oynasiga STIKER majburiy ravişda yopiştirilmaydi!
Şuningdek, oynalarni tusini özgartirişga berilgan ruxsatnomani qayta rasmiylaştiriş (avtotransport vositasining mulkdori, davlat raqam belgisi özgargan taqdirda) elektron davlat xizmati joriy yilning 1 oktyabr kunidan işga tuşirilişi rejalaştirilgan.









