Britaniyalik yozuvçi Nik Redfern Merilin Monroning Markaziy razvedka boşqarmasi işlariga aralaşuvi tufayli vafot etganini maʼlum qildi. Bu haqda u «Sirlar kundaligi: NUJ fitnasi va Merilin Monroning sirli ölimi» nomli kitobida yozgan.
Monro 1962 yil 5 avgustda 36 yoşida vafot etgan bölsa-da, ammo uning ölimi haqidagi bahslar hali ham davom etmoqda. Rasmiy maʼlumotlarga köra, aktrisa uyqu dori sifatida qabul qilgan barbituratning haddan taşqari dozasi tufayli vafot etgan. Monroning ölimini öz joniga qasd qiliş deb hisoblaydiganlar ham talaygina.
Ammo yozuvçining işonç bilan taʼkidlaşiça, Merilin Jon Kennedi aytgan maʼlumot tufayli öldirilgan. Uning aytişiça, AQŞ sobiq prezidenti aktrisaga halokatga uçragan NUJlar haqidagi maxfiy maʼlumotlarni aytgan. Uning ölimi Markaziy razvedka boşqarmasi tomonidan uyuştirilgan, şundan keyingina özga sayyoraliklar haqidagi maʼlumotlarning tarqalişi töxtagan. «Monro halokatga uçragan NUJ (nomaʼlum uçar jism)lar va AQŞ harbiy bazalarida saqlanayotgan ğayrioddiy jasadlar haqidagi maxfiy maʼlumotlardan xabardor bölgan», deb iqtibos keltiradi The Sun naşri.










